Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


Mavzu Ipak qurti urug’ini jonlantrish usullari



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə72/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

9.2. Mavzu Ipak qurti urug’ini jonlantrish usullari.

Haroratni asta-sekin oshirib borish yo’li bilan urug’ni jonlant-irish;

Haroratni o’zgartirmasdan, ya’ni doimiy (muayyan) darajada saqlash yo’li bilan urug’ni jonlantirish.

Haroratni asta-sekin oshirib borish usuli - bahor sovuq kelgan yillarda, ob-havo bir xil bo’lmagan va bahorgi qattiq sov-uqlar bo’lishi yoki ertalablari sovuq bo’lishi qutilgan hollarda qo’llaniladi. Bu usul qo’yidagicha bajariladi: xonadagi havo harorati har kuni1 - 2 darajaga oshirib boriladi. Harorat 24 darajaga yetganda boshqa ko’tarilmaydi va urug’dan xabarchi qurtlar chiqqunga qadar saqlanadi.

Haroratni o’zgartirmasdan, ya’ni doimiy darajada saqlash yo’li bilan jonlantirishda urug’ inkubatoriyaga qo’yilgandan keyin dastlabki 2 - 3 kun davomida havoning harorati 13 - 14 darajada saklanadi, keyin esa bir kun davomida harorat 24 darajaga yetkaziladi va urug’dan dastlabki (xabarchi) qurtlar chiqa boshlaguncha shu harorat saqlab turiladi. Xabarchi qurtlar paydo bo’lishi bilanok xavoning harorati bir darajaga ko’tariladi, ya’ni 250 S ga yetkaziladi va urug’lar jonlanib bo’lguncha shu darajada saklab turiladi.

Urug’lar oqargan kuni qutichalarga doimiy syomnik qo’yiladi.Odatda bir kundan keyin ertalab soat 6 - 7 larda xabar-chi qurtlar chiqadi. Xabarchi qurtlar chiqishidan oldin (kechqurun yoki tunda) urug’ tukilgan qutichalarga vaqtinchalik syomnik qo’yi-ladi. Xabarchi qurtlar chikib bo’lgach, barcha qutichalardagi vaqtin-chalik syomniklar qurti bilan ko’tarib olinib, yoqib yuboriladi.

Odatda qurtlarning ko’pchilik qismi tuxumdan ertalab soat 6 dan 10 gacha chiqadi, shuning uchun qurtlarni qutichadan ko’tarib olish va ularning massasini aniqlash soat 10 dan keyin boshlanadi.Pillachilarga qurt faqat ertalab yoki kechkurun tarqatiladi. Ularga bir vaqtda jonlangan qurtlar beriladi.

Ipak qurti urug’ini jonlantirishda inkubotor qutichadan foydalanish urug’ni sifatli jonlanib chiqishini ta’minlaydi. Bu inkubotorda urug’lar doimiy bir xil haroratda jonlantiriladi va jonlanish miqdori ham bir me’yorda bo’ladi.




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin