Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti


Dunyo okeani va biologik resurslari



Yüklə 225,91 Kb.
səhifə7/7
tarix08.04.2023
ölçüsü225,91 Kb.
#95008
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi jahon

4.Dunyo okeani va biologik resurslari
Keyingi yillarda jahon okeanshunos olimlari shu jumladan YU.A.Shakolpskiy (1856-1960), P.P.Shirshov (1905-1953), K.K.Markov (1905-1980), N.N.Zubov (1885-1960) kabi rus tadqiqotchilari o`nlab ekspedisiyalarning ishlari natijasida dunyo okeani ko`p sirlarini bilib olishdi. Dengiz geologiyasi yordamida okean tabiiy resurslarini juda katta xazinasi ekanligi isbotlandi. Bu xazinani quruqlik resurslari bilan bemalol qiyoslash mumkin. Bu xazina avvalo dengiz suvidan iborat. Dengiz suvi miqdori haqiqatdan ham juda ko`p. Ya`ni 1338 mln km.kub yoki gidrosferadagi suv miqdorining 96,5 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari dengiz suvi o`ziga xos “tirik ruda” bo`lib, tarkibida 75 xil kimyoviy elementlar mavjud. Misirliklar va Xitoyiiklar qadim zamonlardayoq suvdan tuz ajratib olishni o`rganib olishgan. Hozir undan ko`p miqdorda tuz olinadi. Dengiz suvidan yana magniy, brom, yod olinadigan manba bo`lib xizmat qiladi. Bundan keyingi boylik dunyo okeani tagidagi mineral resurslardir. Materik sayozligi resurslari orasida neft va tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega. Ko`pchilik hisoblarga qaraganda bu boyliklar butun jahon zahirasining 1/2 qismidan ortiqrog`i materik sayozligiga to`g`ri keladi. Sayozlikdagi qattiq foydali qazilmalarni nishab shaxtalar yordamida qazib olish mumkin. Bunday boyliklar ko`pincha hozirgi zamon mo`may boylik topuvchi ustalarning qo`liga tushadi. Okeanlar chuqur qismining asosiy boyligi temir, marganes qotishmalaridir. Dunyo okeanining bundan keyingi boyligi energetika resurslaridir. Bu boylik ham juda katta, nihoyat, dunyo okeanining yana bir boyligi biologik resurslardir. Bular suvda yashovchi hayvonlar (boyliklar, sut emizuvchilar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar) va o`simliklardir. Okeanlarning biologik moddalari umumiy miqdori 35 mlrd tonna hisoblanadi, ular 140 ming tur mavjudotdan iborat. Norvegiya, Bering, Oxota, Yaponiya dengizlari dunyoda eng mahsuldor dengizlar hisoblanadi. Biroq okeanlardagi ovlanadigan ko`pchilik baliqlar va hayvonlar muhofazaga muhtoj.
Yer yuzining 71 foizini egallovchi dunyo okeani mamlakatlar va xalqlarning aloqasida har doim muhim rol o`ynab kelgan. Biroq to XX asrning o`rtalarigacha kishilik faoliyatining dunyo okeanidagi barcha turlari jahondagi daromatning atigi 1-2 foizini bergan, xolos. Biroq fan-texnika taraqqiyoti jadallashgan sari dunyo okeani har tomonlama tadqiq etish va o`zlashtirish butunlay boshqacha ko`lam kashf etdi.
Birinchidan, global energetika va xom-ashyo muammolarining o`tkirlashuvi
dengiz tog`-kon, kimyo sanoatlari va dengiz energetikasining paydo bo`lishiga olib keldi. Fan-texnika taraqqiyoti muvaffaqiyati kelgusida neft va gazlarni, temir-marganesli rudalarni qazib olishni yanada ko`paytirib, dengiz suvidan vodorodning izotop bo`lmish deyterini ajratib olish, suv qalqishi asosiga qurilgan ulkan eektr stansiyalar va dengiz suvini chuchitish inshootlarini qurishdan yangidan yangi istiqbollar ochdi.
Ikkinchidan, global (dunyoviy) ko`lamdan oziq-ovqat muammolarining o`tkirlashuvi okeanning biologik resurslariga bo`lgan qiziqishni oshirdi. Vaholangki, hozircha, dunyo okeani insoniyatning oziq-ovqatga bo`lan ehtiyoining
atigi 2 foizini ta`minlaydi, xolos. Biroq okeandan hayvonlar oqsilining 12-13 foizini ajratib olinmoqda. Albatta baliq ovlash va dengiz mahsulotlari olishni tobora ko`paytira borish lozim. Okeandagi mavjud balansni buzmagan holda bu mahsulotlarni yanada ko`paytirish imkoniyatlari turli mamlakatlar olimlarining hisobiga ko`ra 100-150 mln t.ga yetadi. Dengizda suv o`tlarini yetishtirishni rivojlantirish esa qo`shimcha katta rezerv hisoblanadi.
Uchinchidan, Xalqaro geografik mahsulotning chuqurlashuvi jahon savdosining tezkorlik bilan o`sishi, dengizda yuk tashish ishlari hajmini tobora oshirmoqda. Bu birinchi navbatda ishlab chiqarish va aholini dengiz sari siljishiga va shu munosabat bilan bir qancha dengiz bo`yi rayonlarining shiddat bilan rivojlanishiga sabab bo`ldi. Masalan, ko`pdan ko`p yirik dengiz portlari sanoat -port majmualariga aylandi. Bu majmualar uchun kemasozlik, neftni qayta ishlash, neft dunyosi, metallurgi kabi sohalar eng xarakterlidir. Keyingi vaqtda esa ba`zi bir eng yangi tarmoqlar ham rivojlana boshladi.
Dunyo okeani doirasidagi va okean - quruqlik tutashgan zonasidan barcha ishlab chiqarish faoliyati va ilmiy faoliyat natijasida jahon xo`jaligining tarkibiy qismi bo`lmish dengiz xo`jaligi vujudga kelgan. Bu tog` kon va qayta ishlash sanoatlari, energetika, baliq ovlash, transport, savdo hamda turizmni o`z ichiga oladi. Umuman olganda bu dengiz xo`jaligida kamida 100 mln kishi band.Biroq bunday faoliyat ayni vaqtda dunyo okeanining global muammosini tug`dirdi. Uning mohiyati okean resurslarining nihoyatda notekis o`zlashtirilayotganligi, undan harbiy faollik sifatida foydalanayotganligidan iboratdir. Xuddi mana shuning uchun ham 1982 yil qabul qilingan BMTning dengiz huquqiga doir konvensiyasi (bitimi) juda katta ahamiyatga ega bo`lib, u “Dengiz xaritasi” nomini olgan. Bu hujjat dengiz sohilidan 200 mil masofadagi iqtisodiy zonani belgilab berdi. Bu zonada dengiz bo`yida joylashgan davlat biologik va mineral resurslardan foydalanishda mustaqil huquqqa ega. Dunyo okeanidan foydalanish muammosini yechishning asosiy okean tabiati va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uning boyliklariga nisbatan to`g`ri majmuali yondashuvini tanlashdan iborat bo`lib, bu yondashuv butun jahon hamjamiyati kuch va harakatlarini birlatirishdan iboratdir.
Dunyoning biologik resurslari.Yerning biologik resurslarini biologik “tirik” organizmlar ya’ni o’simlik va hayvonlar tashkil etadi.Tiriklikning asosiy belgilari organizmlarning nafas olishi, oziqlanishi, o’sishi, rivojlanishi, ko’payishi, harakatlanishi kabilardir. Yerning o’simlik resurslari (Yer biomassasini 97% ini tashkil etadi) madaniy va yovvoyi holda o’suvchi o’simliklardan iborat.Hozirda Yer sharida 500000 ga yaqin o’simlik turi bor, shundan 6000 ga yaqini madaniy o’simliklar (ya’ni navlar) hisoblanadi.Lekin Yer sharida ko’p tarqalgan qishloq xo’jalik ekinlari 80-90 turni, eng ko’p tarqalganlari esa 15-20 turni tashkil qiladi.Ular asosan oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ekinlari hisoblanadi. Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar orasida o’rmon resurslarini hosil qiluvchi o’rmon o’simliklari ko’pchilikni tashkil etadi.O’simlik resurslari ham hayvon resurslari singari tugaydigan, lekin tiklanadigan resurslari hisoblanadi.Ulardan turli xil maqsadlarda foydalaniladi.Masalan: o’rmondan qurilishdan tashqari, smola, skipidar, boyoqlar, lak ekstraktlar, yelim, mebel, sellyuloza, qog’oz, spirt va h.k lar olinadi.
Jahon o’rmon resurslari 2ta ko’rsatkich bilan ifodalanadi:
1.Egallagan maydoni (jahondagi barcha o’rmonzorlar 4,2 mlrd ga ni tashkil etadi yoki 40 mln.km2 ya’ni jahon yer fondini 30 foizini tashkil etadi).
2.Yog’och zaxirasi bilan (jami yog’och zaxirasi 350mlrd m3).
Doim o’sib turganligi sababli yog’och zaxirasi har yili 5,5 mlrd m3 ko’payadi.Shunday ekan, kelajakda yog’och muammosi bo’lmaydigandek tuyuladi.Aslida unday emas.Chunki yog’och qadimdan qurilish va ishlov berish materiali sifatida foydalanib kelingan va hozirda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q.Chunki yog’ochdan X1X-asrning o’rtalarida 4,5-5 ming xil mahsulot olingan
bo’lsa, hozirda 20 ming xil mahsulot ishlanadi.Hozirgi vaqtda ham yog’ochga talab doimiy oshib bormoqda. Dehqonchilik paydo bo’lgan neolit davridan boshlab minglab yillar davomida o’rmonlar ekin ekish uchun yo’qotib borildi.Ayniqsa keyingi 200yil davomida quruqlikdagi o’rmonlar maydoni 2 barobarga kamaydi va u havfli tus oldi.
Tuproq erroziyasi va atmosferada O2 ni kamayishi o’rmonlarni yo’qolishi bilan bog’liqdir.Masalan: dunyoda o’rmonlar maydoni har yili kam deganda 25mlnga.ga yoki 0,5 foizga qisqarmoqda. Dunyoda tayyorlanadigan yog’och miqdori 2000 - yilda 4,5 - 5mlrd m3ni tashkil etdi.Bu esa yillik paydo bo’ladigan yog’och zaxirasi to’liq foydalaniladi degan so’z. Dunyodagi o’rmonlar juda katta masofaga cho’zilgan.Ular shimoliy va janubiy mintaqalardir.Shimoliy o’rmon mintaqasi mo’’tadil va qisman subtropik iqlim mintaqasida joylashgan.Dunyodagi butun o’rmon maydonining yarmi va yog’och zaxirasining deyarli yarmi shu mintaqaga to’g’ri keladi. Asosiy o’rmon kesish ishlari, ayniqsa, yog’ochi yaxshi sifatli igna bargli daraxtlarni kesish shu mintaqada olib boriladi. Daraxt kesish jadal olib borilayotganligiga qaramay o’rmonlarni tiklash va daraxt ekish ishlari tufayli AQSH, Kanada, Finlyandiya, Shvesiya kabi mamlakatlarda va umuman shimoliy o’rmon mintaqasida o’rmonlar maydoni kamayayotgani yo’q.Biroq Rossiyada daraxtni kesish uni ekishga qaraganda ko’proq bo’lyapti.Janubiy o’rmon mintaqasi asosan tropik va ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan.Dunyodagi o’rmon maydonining deyarli yarmi shu mintaqada joylashgan.Ilgari yog’ochdan faqat o’tin sifatida foydalanilgan bo’lsa, keyingi vaqtlarda Yaponiya, AQSH va G’arbiy Evropa mamlakatlariga eksport qilish ko’p marotaba oshdi.Janubiy mintaqa o’rmonlariga bir necha yuz yillar davomida o’rmonni yoqib er ochish va ekstensiv yaylov chorvachiligi katta zarar etkazdi.Masalan: sernam doimiy yashil tropik o’rmonlar hozir ham 1mlrd.dan ortiq maydonni egallagan, ularning yarmidan ortig’i Lotin Amerikasida joylashgan.Biroq hozirda Lotin Amerikasi va Osiyo shunday o’rmonlarning 40 foizini, Afrika 50 foizini yo’qotdi. Ayrim mutahassislarning fikriga ko’ra bu o’rmonlar XX1-asrning o’rtalariga borib to’liq yo’q bo’ladi. Tropik o’rmonlarni saqlash yuzasidan BMT rahbarligida katta ishlar amalga oshirilmoqda.Lekin hozircha u kutilgan natija bergani yo’q.
Jahonda o’rmonlar ulushi materiklar va regionlar boyicha quyidagicha taqsimlangan: (foiz hisobida 2008-yil)
1. Janubiy Amerikada - 52%
2. MDH da - 37 %
3. Yevropada - 31 %
4. Shimoliy Amerikada - 31 %
5. Afrikada - 26 %
6. Avstraliya va Okeaniyada - 18 %.
7. Osiyoda - 17 %
Dunyo iqlimiy va rekreasion resurslari.Agroiqlim resurslari atmosfera havosining aktiv (+100S) haroratlari yig’indisiga qarab baholanadi. Agroiqlimiy resurslarning taqsimlanishiga kenglik zonalligi va vertikal mintaqalanish xal qiluvchi ta’sir qiladi.Agroiqlim resurslari-Yer sharida issiqlik, yorug’lik va namlikning taqsimlanishiga bog’liq.Agroiqlim resurslaridan issiqlik alohida o’rin tutadi. Issiqlik va yorug’lik ekvatordan har ikkala qutb tomon kamaya boradi. Natijada yer sharida 7 ta agroiqlim mintaqasi shakllangan. Ulardan tropik mintaqadan tashqari qolgan 3 ta mintaqa 2 martadan takrorlanadi.
1. Tropik mintaqa. Afrika eng issiq materik bo’lib, chekka shimoliy, chekka
janubiy va baland tog’li qismlaridan qolgan barcha qismlarida 1sm.kv. joyga 80000dan ortiq issiqlik tushadi, sovuq oyning o’rtacha haroratlar yig’indisi +150dan yuqori. Bu joylar tropik mintaqaga mansub bo’lib, dunyoda tropik kengliklar oraliqlari (Amazoniya past tekisligi, Markaziy Afrika, Arabiston, Hindiston, Hindixitoy yarim orollari, Malayya arxipelagi va Avstraliyaning shimoli) kiradi. Bu mintaqada issiqsevar qisqa kunli o’simliklar o’sadi. Ekvator atrofida kunning uzunligi har doim 12 soat, shimoliy va janubiy tropiklarda esa 13 soatu 13 minut.Vegetasiya davri uzluksiz davom etadi.
2. Subtropik mintaqa tropik mintaqadan shimolda va janubda tarqalgan bo’lib, bu mintaqaga Afrikaning chekka shimoli va janubi, Janubiy Amerikaning janubi,Meksikaning shimoli-AQShning janubi, Evropaning O’rta Dengiz boylari, O’rta Sharq, O’rta Osiyo, Taklamakon cho’li, Sharqiy Xitoy, Avstraliyaning janubi kiradi.Subtropik mintaqaga odatda Shimoliy va janubiy tropik chizig’idan shimoldagi va janubdagi hududlar kiradi. Bu mintaqada haroratlar yig’indisi 4000-80000ga to’g’ri keladi. Yillik sovuq oyning o’rtacha tempratura yig’indisi +50 +150. Issiqsevar o’simliklar etishtiriladi. Vegetasiya davri uzoq 210-310 kun. Kunning uzunligi 13,30-15,30 soat.
3. Mo’’tadil mintaqa katta maydonlarni egallaganligi sababli 2 mintaqachaga: mo’’tadil mintaqacha va sovuq- mo’’tadil mintaqachaga bo’linadi. Mo’’tadil mintaqa asosan shimoliy yarim sharda joylashgan.
1). Mo’’tadil mintaqachaga AQSH ning shimoli – Kanadaning janubi, butun O’rta Yevropa, Belorus, Ukraina, Volga boyi, Kavkaz, Qozog’iston, Xitoyning markazi va shimoliy qismi, Koreya yarim oroli, Yaponiyaning shimoli kiradi. Bu mintaqada yilning sovuq oyining o’rtacha temperaturasi-100S .Yillik haroratlar yig’indisi 1 sm2joyga 2200-40000ni tashkil etadi. Kunning uzunligi 16-17 soat. Bu
mintaqachada kunning uzunligi o’rtacha va uzun bo’lgan o’simliklar (bug’doy, makka, qand lavlagi, kungaboqar, janubida esa paxta, eryong’oq, uzum) etishtiriladi.
2).Mo’’tadil mintaqacha shimolida 650shimoliy kenglikkacha sovuq mo’’tadil mintaqacha egallagan. Bu mintaqachaga Kanadaning katta qismi, Shimoliy Evropa, Rossiyaning katta qismi kiradi. Yilning sovuq oyining o’rtacha temperaturasi yig’indisi -250gacha. Yillik temperatura yig’indisi 1000-22000.
Kunning uzunligi 19-23 soatgacha. Bu mintaqachada uzun kunli o’simliklar zig’ir,
kartoshka, malina,chereshnika, brusnika o’sadi. Bu mintaqachaning barcha qismlarida namlik koeffisienti 1 dan ortiq.
4. Sovuq mintaqaga 600shimoliy kenglikdan shimoli ayrim joylarda 500shimoliy kenglikdan shimoli (Labrador yarim orolida) asosan shimoliy qutb doirasidagi hududlar kiradi. Bu mintaqaning janubida havo temperaturasining yig’indisi400-10000shimolida esa 4000ni tashkil etadi. Eng sovuq oyning o’rtacha temperaturasi -250 dan -400gacha. Vegetasiya davri 1-1,5 oy. “Oq tunlar” bo’ladi. Namlik koeffisienti 1 dan yuqori bo’lgan hududlarga Amazoniya, Kongo, GangBraxmaputra havzasi, Janubi-Sharqiy Osiyo, Madagaskar, shuningdek sovuq mo’tadil mintaqacha kiradi. Cho’l, chalacho’l va baland tog’li territoriyalarda namlik koeffisienti 1 dan kam. Namlik koeffisienti yog’in va parlanish orasidagi nisbatdan kelib chiqadi. Masalan: Yog’in 500 mm-bug’lanish 500 mm namlik koeffisienti =1 (yetarli).Yog’in 500 mm- bug’lanish 400 mm namlik koeffisienti = 1,2(ortiqcha). Yog’in 500mm-bug’lanish 600 mm namlik koeffisienti = 0,8 (kam).Quyosh – kosmik resurslar – kelajak resursidir. Quyosh- yirik termoyadro reaktori, Yerdagi butun hayotning manbai, butun energetika resurslarining manbaidir. Quyoshning atrofida temperatura +60000, markazida esa +20mln0S. Quyosh energiyasi bitmas tuganmas boylikdir.Quyoshda H2ning geliyga aylanishi natijasida radiasiya ajralib chiqadi. Quyosh nuri erga 8,5minutda etib keladi.
Quyosh diametri Er diametridan109 marta katta. Quyosh energiyasining 1/10qismi
ishga solinsa 30 000 ta Dnepro GES beradigan energiyani beradi.Faqat Toshkent shahriga 1 yilda tushadigan quyosh energiyasi 37 mln tonna ko’mir energiyasiga teng. Rekreasion resurslar – bu dam olish va turizm resurslaridir. “Rekrasiya” so’zi lotincha “tiklanish” bo’lib, dam olishning, kishining ma’ naviy va jismoniy
kuchlarini tiklaydi. Rekreasion resurslar istirohat, turizm va shifolanish maqsadlarida bo’ladi. Ular 2 xil bo’ladi:
1.Tabiiy rekreasion resurslarga: dengiz sohillari (Qrim, Sochi), daryo boylari (Niagara, Ganga), o’rmonlar, tog’li rayonlar (Alp tog’lari, Shohimardon) kabilar kiradi.
2- Madaniy-tarixiy rekreasion resurslar bo’lib, bularga tarixiy, arxeologik, me’morchilik, san’at yodgorliklari kiradi. Masalan: VDNH, Kreml, Ermitaj, Rim, Akripol, Misr ehromlari, Toj Mahal, Xiva, Paleontologiya muzeyi (Moskva), Buyuk Xitoy devori, Vavilon, Sherdor, Go’ri Amir, Oqsaroy va h.k.Xalqaro turizmdan tushadigan daromadning 14 foizi AQSH ga, 6 foizi Ispaniyaga, 6 foizi
Fransiyaga, 6 foizi Italiyaga, 4 foizi Buyuk Britaniyaga, 3 foizi Avstriyaga, 61foizi boshqa davlatlar hissasiga to’g’ri keladi.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Jahonda ekologik muvozanatni buzilib borayotganligi, tabiiy boyliklardan(er, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar) oqilona foydalanish,ularning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini har tomonlama oshirib borish,hozirgi holatini ilmiy va amaliy tahlil qilish, ularni saqlash, ko’paytirish, hamdamuhofaza qilishni taqazo etmoqda.
Mustaqillikka erishgach, O’zbekiston tabiiy resurslarning nobarqaror boshqaruvi bilan bog’liq murakkab ekologik muammolar, shuningdek kommunal,
sanoat manbalari va sug’oriladigan maydonlardan qaytgan oqava suvlar natijasida
vujudga kelgan yuqori ifloslanish darajasini meros qilib oldi, bular ko’p darajada
qishloq xo’jaligi, energetika va sanoat tarmoqlaridagi jiddiy tuzilmaviy muammolar tufayli ro’y berdi, bular haligacha mamlakat atrof muhiti va tabiiy
resurslarini boshqarish sohasidagi ko’plab jiddiy muammolarning ilk sababchisi
bo’lib qolmoqda.
Xozirgi davrga kelib ekologik nobarqarorlik o’choqlari deyarli barcha viloyatlarda mavjud. Yuqori ekologik nobarqarorlik asosan lokal tusga ega.Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Farg’ona va Navoiy viloyatlari eng
noxush hududlar hisoblanadi. Atrof muhit muammolariga orasi O’zbekiston
hududlari uchun quyidagilar katta ahamiyatga ega:
· atmosfera havosining ifloslanishi;
· suv resurslarining ifloslanishi va chuchuk suv yetishmasligi;
· aholining toza ichimlik suvi bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi;
· tuproq sho’rlanishi va tanazzulga uchrashi;
· qattiq chiqindilar shu jumladan, zaharli sanoat chiqindilarining to’planishi;
· oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishi;
· turlar xilma-xilligi majmualarining biologik mahsuldorligini pasayishi va
qisqarishi.
Respublikada yangi milliy qonunlar yaratilishi, tashkiliy tuzilmalar tashkil
qilinishi hamda ochiq jamiyatga va bozor iqtisodiyotiga asta-sekin o’tish bilan bir
vaqtda, meros bo’lib qolgan atrof muhitni boshqarish tizimini takomillashtirish,
yanada samarali siyosat va institutsional o’zgarishlarni amalga oshirishga harakat
qilinmoqda. O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab atrof muhitni
muhofaza qilish bo’yicha qator qonunlar, atrof muhitni muhofaza qilish va
boshqarish va tabiatdan foydalanish bilan bevosita yoki bilvosita bog’liq 250 dan
ortiq me’yoriy va boshqaruvchi hujjatlar qabul qildi.
Tabiatdan foydalanish murakkab jarayon. Bu borada uning komponentlarinio’zaro bir-biri bilan bog’liqligi, ta’siri va majmualigini hamda shu jihatdanlandshaft komplekslarining vujudga kelishida qatnashishini aniq hisobga olish zarur. Mutaxassislar tabiat va uning resurslarini xo’jalik muomalasiga kiritish jarayonini va umuman tabiatdan foydalanishni turli aspektlarda tahlil qilib, turlicha
fikrlarga kelishgan. Jahonda tabiatdan foydalanish o’ziga xos global, hududiy,mahalliy, nuqtali xususiyatlarga egaki, darhaqiqat bu jarayon jahonning turli hududlarida farq qilishi aniqlangan, bu borada landshaft-balandlik mintaqalari xususiyatlarini e’tiborga olish ustuvor ahamiyatga ega. CHunki turli balandliklarda joylashgan hududlar tabiiy sharoitiga muvofiq ma’lum xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirish uchun qulay.
Jahonda va O’zbekistonda ham ekologik muvozanatni buzilib borayotganligi, tabiiy boyliklardan (er, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar) oqilona foydalanish, ularning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini tsar tomonlama oshirib borish, hozirgi holatini ilmiy va amaliy tahlil qilish, ularni saqlash,ko’paytirish, hamda muhofaza qilishni taqazo etadi. SHu jihatdan Jahonda ekologik vaziyat turg’un bo’lmay, mintaqalar bo’yicha farqlanishi va o’zgarishlarga ushrashi, bu o’zgarishlar antropogen ta’sirga bog’liqligini hisobga olib uzoq yillik maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amaliy tadqiqotlarni o’tkazishni talab etadi. Jahon xo’jaligida tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solmasak kelajakda bu o’zining salbiy oqibatlarini ko’rsatishi mumkun, bu nafaqat ekologiyada balki iqtisodiyotda ham jiddiy o’zgarishlarga sabab bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Asosiy adabiyotlar
1. Мировая экономика и международные экономические отношения : учебник / под ред. В.К. Поспелова. – М.: ИНФРА-М, 2017. — 370 с.
2. Глобалистика. Международный междисциплинарный энциклопедический словарь. Гл. ред. д.т.н., проф. И.И. Мазур, д.ф.н., проф. А.И. Чумаков. – М.- Спб. – ИЦ - «Елима», ИД «Питер», 2006.
3. Elgar Edward. Handbook on the Globalization of the World Economy. Amnon Levy-Livermore. 1998. – 748 p.
4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T.: O’zbekiston, 2014. -46 b.
5. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016- yil yakunlari va 2017- yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. //Xalq so’zi gazetasi. 2017- yil 16- yanvar, №11.
6. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. - Toshkent: O’zbekiston, 2016.-56 b.
7. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali 132 marosimdagi ma‘ruza. 2016 yil 7 dekabr/Sh.M.Mirziyoev-Toshkent: ―O’zbekiston‖, 2017. 48 b.
8. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga ko’ramiz. Mazkur kitobdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016- yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qorakalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o’tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so’zlagan nutqlari o’rin olgan. /Sh.M. Mirziyoyev.- Toshkent: ―O’zbekiston‖, 2017. 488 6.
9. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T.: O’zbekiston, 2014. -46 b.
10. Mahmudov E.R. Zamonaviy iqtisodiy tizimlar. Darslik. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti. 2011.
11. Isadjanov A.A. «Jahon iqtisodiyotining globallashuvi» fanidan talabalarning mustaqil ishi bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent. JIDU. 2013.
12. Уткин А.И. Глобализация: процесс и осмысление. М.: «Логос». 2011.
13. Экономическая и национальная безопасность. Учебник. Под ред. проф. Е.А. Олейникова.изд. М.: «Экзамен». 2005.
14. www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasi hukumat portali.
15. www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi.
16. www.economist.com
17. www.worldeconomics.com
18. www.tradingeconomics.com
19. http://grad-schools.usnews.rankingsandreviews.com / best-graduateschools / top-humanities-schools/economics-rankings
20. www.stplan.ru - Iqtisodiyot va menejment
21. www.catback.ru - Iqtisodiy maqolalar va o'quv materiallari
22.www. Ziyo.net


Yüklə 225,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin