2.Jahonning tabiiy resurslari va ulardan foydalanish XX asrda jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi o`zaro ta`sirda sifat jihatdan yangi bosqich boshlandi. Jamiyatning tabiatga “tazyiqi” kuchaydi. Tabiiy landshaftlarning antropogen landshaftlarga - shahar, tog`sanoati, qishloq xo`jaligi, o`rmon xo`jaligi, rekreasion landshaftlarga aylanish nihoyatda tezlashib ketadi,yangi hududlarga aylandi. Tabiiy resurslarni mavjudligi uzoq davrni o`z ichiga olsada jamiyat tabiatdan tobora ko`proq resurslarni oladigan va shu bilan bir vaqtda tabiatda o`z faoliyatini tobora ko`proq chiqindilari chiqarib tashlaydigan bo`lib qoldi. Shunga qaramasdan geografik muhitni inson tomonidan qanchalik darajada o`zgartirilganligi masalasi hozirgacha munozarali masala bo`lib qolmoqda. Bu masalani akademiklardan A.A.Grigorev (1883-1968) I.P.Gerasimov (1905-1985) va boshqa ko`pgina olimlar o`rganishgan. Bir guruh olimlar yerning barcha yoki deyarli barcha tabiiy landshaftlari hozirgi davrda antropogen landshaftlarga aylangan deb hisoblaydilar. Boshqa olimlar esa tabiiy muhitga bu jihatdan baho berishda ancha ehtiyotkorona yondashishadilar.
Olimlarning hisob kitoblariga ko`ra hozirgi vaqtda antropogen landshaftlar butun quruqlikning 60 foizdan ortiqroq qismini egallagan. Shu jumladan quruqlikning taxminan 20 foizi tabiiy landshaftlari butunlay o`zgargan:
bular shahar va qishloqlar, ekinzor va bog`lar, yo`llar, konlar, ekilgan urmonlar va boshqalar.Jamiyat tabiatdan tobora ko`proq resurslarni oladigan va shu bilan bir vaqtda tabiatda o`z faoliyatini tobora ko`proq chiqindilari chiqarib tashlaydigan bo`lib qoldi. Shu yo`l bilan bir-biriga bog`langan ikkita muammo:
1. Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish.
2. Atrof- muhitni ifloslanishidan muhofaza qilish muammolari kelib chiqdi.
Bu muammolar o`zaro bog`liq bo`lib, birgalikda hal qilishni talab etadi. Jamiyat hayotida resurslarni roli katta rol o`ynaydi. Ularning inson hayotidagi ahamiyati turlicha. Eng muhim resurs kislorod bo`lsa, bugungi kunda uran ham kislorod kabi
katta ahamiyat kasb etadji. Bu resurslar moddiy ishlab chiqarishning turli sohalarida qo`llanilmoqda. Ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb qilingan xom ashyolar iqtisodiy resurslarga aylanib bormoqda. Bugungi kunda sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo tayyor mahsulot tajriba natijalari narxini
75 foiziga yaqinini tashkil qilmoqda. Tabiiy resurslarni joylanishi notekis ajralib turadi. Bunga sabab yer yuzasidagi tektonik va geologik jarayonlardir. Buning natijasida faqat ayrim mamlakatlar emas, balki butun regionlar ham resurslarining oz-ko`pligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Masalan, Yaqin Sharq mamlakatlarida neft va gaz And davlatlarida mis va polimetal rudalar, shimoldagi mamlakatlarda esa o`rmon resurslarini ko`pligi harakterlidir. Yirik mamlakatlarda deyarli barcha turdagi foydali qazilmalar uchrasa, Gabonda marganes, Quvaytda neft, Marokkoda fosforit, Yaponiyada oltingugurt va pirit moddalar ko`plab uchraydi. Resurslar bilan ta’ minlanganlik deganda tabiiy resurslar miqdori bilan ulardan foydalanish miqdori o`rtasidagi nisbat tushuniladi. U mazkur resurs yetadigan yillar soni bilan
yoki resurslarni aholi jon boshiga to`g`ri keladigan miqdori bilan ifodalanadi.Albatta resurslarni axoli jon boshiga to`g`ri keladigan miqdori bilan ifodalanadi. Albatta resurslarga boy yoki kambag`alligiga bog`liq. Lekin resurslar bilan taominlanganlik, shuningdek ulardan foydalanish ko`lamiga ham bog`liq bo`lganligi sababli bu tushncha bo`lmay, sosial-iqtisodiy tushunchalardir.