Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə17/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

GLOSSARY......................................................................................................

199

LIST OF USED LITERATURE.....................................................................

206

KIRISH


Bugungi kunda iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida qator ijtimoiyiqtisodiy masalalarni hal etish inson resurslaridan samarali foydalanishni talab qiladi. ―Inson resurslarini boshqarish‖ fani oldida turgan muammolar bugungi kunda iqtisodiy, ijtimoiy fanlar va ta‘limda eng dolzarb hamda yyechimini kutayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda bozor munosabatlarining samarali joriy etilishi birinchi navbatda inson resurslaridan samarali foydalanishga bog‗liq. Biz uchun faqat bitta ustuvorlik – inson manfaatlari ustuvorligi muhim ahamiyatga ega, mehnatga haq to‗lash darajasi va aholi daromadlarini keskin oshirish, mamlakatda iste‘mol bozorini rag‗batlantirish siyosatini davom yettirish uchun ishonchli baza yaratilmoqda.
Bu borada inson resurslaridan oqilona foydalanish, insonlarni kasb mahoratini va sog‗lig‗ini mustahkamlash ushbu fanning asosini tashkil etadi. Shuning uchun zamonoviy usul va tamoyillardan korxona va tashkilotlarda inson resurslarini boshqarishda bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lish dolzarb hisoblanadi.
Shunday ekan, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomotiviga aylanishi mumkin bo‗lgan tarmoq va korxonalar, hududlar darajasida inson resurslarini boshqarish hozirgi kunnning eng dolzarb muammolari yechimini topish yo‗llarini ―Inson resurslarini boshqarish‖ fanini mukammal egallash orqali erishish mumkin.
Hayotimizning barcha sohalarida inson resurslarini boshqarishda, yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mas‘uliyatni o‗z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirish hamda ular tomonidan xodimlarni boshqarishda zamonaviy usullardan foydalanish eng dolzarb masalalaridan biridir. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018-yil Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasida: ―Davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish zarur‖1 ligini alohida ta‘kidladilar.
Ayni paytda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy muammolarni echa oladigan, avvalo, uni teran anglaydigan, islohotlar jarayonida jonkuyarlik qila oladigan, ma‘naviy-ahloqiy barkamol, qodir shaxslarni boshqaruv bo‗g‗inlariga ko‗proq jalb etish asosiy va bosh masala hisoblanadi. Ko‗rsatilgan muammolarni hal etish uchun ―Inson resurslarini boshqarish‖ fanini o‗qish va o‗rganish maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin