Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə20/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Birinchidan, odamlar aql–idrokka ega bo‗lib, ularning tashqi muhitga (boshqarishga) reaksiyasi mexanik tarzda emas, balki hissiy – o‗ylangan, anglab etilgan reaksiyadir. Demakki, tashkilot bilan xodim o‗rtasidagi o‗zaro ta‘sir ko‗rsatish jarayoni ikki tomonlamadir.
Ikkinchidan, odamlar doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga
qodirdirlar. Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti davrida texnologiya, shu bilan birga kasbiy ko‗nikmalar bir necha yil mobaynida eskirib qoladi. Shuning uchun ham xodimlarning doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodirligi korxona va tashkilotning faoliyati samaradorligini oshirishning eng muhim va uzoq davom etadigan manbaidir.
Uchinchidan, insonning mehnat hayoti hozirgi jamiyatda 30 – 50 yil davom etadi, shunga ko‗ra inson bilan tashkilotlarning o‗zaro munosabatlari ham uzoq davom etish xususiyatiga egadir. Masalan, Fransiyada inson o‗rta hisobda bir korxona yoki tashkilotda 16 yil mehnat qiladi.
To„rtinchidan, odamlar ko‗p hollarda korxona va tashkilotga ongli ravishda, o‗z oldilariga muayyan maqsadlarni qo‗ygan holda keladilar va tashkilotdan ana shu
maqsadlarni amalga oshirishga yordam berishni kutadilar. Xodimning korxona va tashkilot bilan o‗zaro hamkorlikda ishlashdan qanoat hosil qilishi, bu hamkorlikni davom etirishning muhim sharti hisoblanadi, xuddi shuningdek, korxona ham bu hamkorlikdan qanoat hosil qiladi.
Yuqorida sanab o‗tilgan o‗ziga xos xususiyatlarga ko‗ra inson resurslarini boshqarish faoliyatning alohida bir turidir, u maxsus vazifalarni bajarishni va mazkur faoliyat bilan shug‗ullanadigan kishilarda alohida sifatlarning bo‗lishini talab qiladi.
Butun tashkilot kabi tashkilot personali ham, shuningdek, uning har qanday qismi ham to‗xtovsiz harakatda bo‗ladi. Bu harakat quyidagilarni o‗z ichiga oladi:

1-rasm. Personalni boshqarish modeli5


Inson resurslarni boshqarish quyidagi maqsadlarga ega bo‗lishi mumkin:

  • inson resurslaridan samarali foydalanish;

  • tashkilot xizmatchilari o‗rtasida yaxshi mehnat munosabatlarini shakllantirish;

  • jamoada yaxshi ijtimoiy-ruhiy muhitni saqlab turish;

  • har bir shaxsning mukammal ravishda rivojlanishini ta‘minlash.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim: birinchidan funksional vazifalari aniq belgilangan, qobiliyatli insonlarni ishga olish lozim, buning uchun malakaviy xarakteristikalar ishlab chiqilishi kerak; ikkinchidan insonlarning imkoniyatlarini samarali tadqiq etish; uchinchidan maqsadlarni bajarish uchun mehnat qilishga tayyorlikni qo‗llab-quvvatlash.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin