―Personal‖ termini korxona mehnat jamoasining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Personalga ishlab chiqarish yoki boshqaruv operatsiyalarni bajaruvchi va mehnat predmetlari, mehnat vositalaridan foydalangan holda qayta ishlash bilan band bo‗lgan barcha xizmatchilar kiritiladi. Bunda ―kadrlar‖, ―xizmatchilar‖, ―personal‖ tushunchalari bir xil ma‘nolarni anglatadi.
Boshqaruv nazariyalarida personalni tasniflashda xizmatchining kasbi va mansabi, boshqaruv darajasi, xizmatchi kategoriyalaridan kelib chiqqan holda turli yondashuvlar mavjud. Ishlab chiqarish jarayonida ishtirokiga qarab personal ikki asosiy qismga ajratiladi: ishchilar va xizmatchilar.
Chet el tajribasida personal muammolarini hal qilishga doir ikkita asosiy yondashuv mavjuddir. Birinchi yondashuv diqqat e‘tiborni shunga qaratadiki, ―Inson resurslarini boshqarish‖ mazkur muammoni hal qilishning strategik jihatlarini, shu jumladan, ijtimoiy rivojlantirish masalalarini qamrab oladi, ―personalni boshqarish‖ 6 fani bo‗yicha o‗quv-uslubiy majmua.-Toshkent: Iqtisodiyot, 2018-yil, 42esa ko‗proq kadrlar bilan operativ ish olib borishga taalluqlidir. ―Inson resurslarini boshqarish‖ avvalo mehnat va bandlik sohasidagi munosabatlarni davlat yo‗li bilan tartibga solish masalalariga, ―personalni boshqarish‖ esa korxona darajasidagi mehnat munosabatlariga qaratilgan.
1.5. Inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari
Insonlar korxonaning raqobat boyligi hisoblanadi, ularni joylashtirishdan maqsad korxonaning strategik maqsadlariga erishishdur.
1-jadval Inson resurslarini boshqarishga yondashuvlar6