Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Boshqaruv siyosatining tanlov modellari



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə30/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

7. Boshqaruv siyosatining tanlov modellari. Bu model (1984) adabiyotlarda e‘lon qilingan bo‗lib, IRM modellari ichida eng muhimi hisoblanadi. U firmalarga o‗z IRM strategiyasini ishlab chiqish uchun qat‘iy qoidalarni keltirmaydi. Buning o‗rniga u IRM strategiyasida 4 asosiy aspektni hisobga olishni taklif qiladi.
Xodimning ta‘siri - o‗z ichiga boshqaruv usullarini, ishchi ittifoqlarini tan olish darajasini,jamoaviy kelishuvchilik usullarini, xodimlar bilan maslahatlashish va jalb qilishni, kommunikatsiya tizimlarini va boshqalarni oladi.
Inson resurslari oqimi insonlarni tashkilot ichida harakatlanishi (tanlash, qabul qilish, o‗qitish, attestatsiya, rivojlantirish, martabani rivojlantirish, mehnat shartnomasini bekor qilish) bilan bog‗liq personalni boshqarish faoliyat turlarini o‗z ichiga oladi.
Mukofotlash tizimi ish haqi, nafaqalar, bajarish sifati mezonlari tizimlarini o‗z ichiga oladi.
Ish joyini tashkil qilish tizimi texnologik tizimlar tanlovini, ish joyi dizayni, nazorat va axborot tizimlari, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish kabilarni o‗z ichiga oladi.
Boshqaruv siyosati tanlovining bu sohalari IRM strategiyasining to‗rtta kritik komponentini ifodalaydi va bir sohadagi tanlov boshqa sohalarga ta‘sir etadi. Bir kompaniyalarga o‗z siyosatlarini tanlashda yagona tanlov usulini taklif qilib bo‗lmasligini isbotlaydi. Har bir firma o‗z xususiyatlariga va turli ish tajribasiga ega. SHuning uchun firma rahbarlarining fikrlash saviyasiga ko‗p narsa bog‗liq. Biroq, firmalar mana shu to‗rtta sohada to‗g‗ri tanlov amalga oshirsalar ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishlari isbotlangan.
Bu model olimlar tomonidan ko‗p punktlar bo‗yicha avvalo, siyosatni tanlash haqida aniq materialning yetarli emasligi, tahliliy jihatdan kamchiligi, tajribalarda tekshirish qiyin bo‗lgan fikr-mulohazalarga tayanishi bo‗yicha tanqid qilingandi. Biroq u boshqa modellarga nisbatan har tomonlama rivojlantirilgan va IRM ―kartasi‖ sifatida namoyon bo‗ladi. Uning ustunligi shundaki, u har qanday madaniyat va tashkilotga tatbiq etilishi mumkin.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin