Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Mehnat resurslari bozori nazariyasi va tendensiyalari



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə33/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

2.2. Mehnat resurslari bozori nazariyasi va tendensiyalari


Ma‘lumki, bozor iqtisodiyotida faqat sotuvchi, ya‘ni xaridorgir molni sotuvga taklif qila oluvchi xaridor bo‗la oladi. Biroq insonlarning ko‗pchiligi tovar ishlab chiqarmaydi, magazinlarga ega bo‗lmasada, ularning hamyonlarida pul ko‗p va bu qonuniy, chunki bu pullar alohida mol - o‗z ish kuchini sotish evaziga olingan. O‗z ish kuchini sotish uchun yollanma xodimlar maxsus bozor - mehnat bozoriga keladi.
Bu bozor boshqa, tovar bozorlariga ham o‗xshaydi, ham o‗xshamaydi. Ularning umumiy tomonlarini ko‗rib chiqamiz. Avvalo, bu yerda ham talab va taklif qonuni amal qiladi va ish kuchining teng muvozanatli baholari shakllanadi. Bu baholar ish
14 65-bet.
(mehnat) haqi deyiladi.
Xodimlar qanchalik yuqori ish haqi talab kilsalar, ish beruvchilar ularni shunchalik kam yollay oladilar (talab qonuni). Va shunga mos ravishda: ish beruvchilar muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun qancha kam ish haqi to‗lashga tayyor bo‗lsa, shuncha kam kishilar ushbu ish bilan shug‗ullanishga tayyor bo‗ladi (taklif qonuni). Ushbu manfaatlarning kesishuvida ishchi kuchining teng muvozanatli bahosi paydo bo‗ladiki, bunda muayyan ish bilan shug‗ullanishga tayyor kishilar soni va ish beruvchilar taklif qilishga tayyor ish joylari soni mos tushadi.
Bir tomondan, ularning manfaatlari qarama-qarshi. Biri ko‗proq ish haqi olishga, ikkinchisi kamroq ish haqi to‗lashga harakat qiladi.
Boshqa tomondan, ular bir-biriga juda kerak.

9-rasm. Mehnat resurslari bozori nazariyasi va tendensiyalari15


Insoniyatning butun tarixi nihoyatda katta ikki iqtisodiy kuch - yollanma mehnatchilar va mehnatga yollovchilar o‗rtasidagi keskin kurash misollariga to‗la. Bu kurash juda katta qayg‗u va zararlarga olib keldi. Tabiiy ofat va, xatto, urushlar
15 68-bet.
buning oldida hech narsa emas, chunki ular bir necha yillar davom etadi. Ular o‗rtasidagi kurash esa birinchi qulning paydo bo‗lishidan boshlab, to shu kungacha davom etmoqda va insoniyat iqtisodiy rivojlanishini orqaga suradi. Faqat XX asrda yangi jamiyat (ijtimoiy bozor iqtisodiyoti) belgilari ko‗rina boshladi va shunda bu kurash nihoyat tugashi mumkin.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin