Ijtimoiy bozor iqtisodiyoti - shunday ijtimoiy qurilmaki, bunda davlat erkin raqobatni rivojlantirshni faol yoqlaydi, yollanma mehnatchilar va mehnat beruvchilar o‗rtasidagi ziddiyatlarni kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, ijtimoiy himoyalanmagan fuqarolarga ko‗maklashishning keng dasturini amalga oshiradi.
Kasaba uyushmasi- bir kasb, tarmoq yoki korxona xodimlarining birlashmasi bo‗lib, ish beruvchilar bilan kasaba uyushmaning barcha a‘zolari uchun yagona mehnat sharoitlari va ish haqini kelishishda ularning manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan. Ular tadbirkorlar bilan muzokaralarda yollanma ishchilar manfaatlarini himoya qiladi.
Kurashning shu usullari yordamida bir necha asrlardan beri mehnat bozorida savdo ketmoqda. Hozirda ham ba‘zi bir eng demokratik davlatlarda ham zabastovkalar qonun tomonidan ta‘qiqlangan. Masalan, AQSH aviadispetcherlari ish tashlash e‘lon qilganlarida davlat prezidenti R. Reygan kasaba uyushmasidan ulkan jarimalar undirib, tarqatib yuborgan edi. So‗ngra ish tashlovchilarni butunlay sindirish uchun shtreykbrexerlik taktikasini qo‗llab, fuqarolar aeroportida harbiy dispetcherlarni ishlashga majbur qilgan edi. Xuddi shunday voqea 1992-yil avgustida Rossiyada takrorlanadi, faqat bu yerda kasaba uyushmasi tarqatib yuborilmadi. Lekin, uning rahbarlariga qarshi jinoiy ishlar ko‗zgatildi, kasaba uyushmasiga esa, katta jarimani to‗lash talabi qo‗yildi, bunda transportda ish tashlash qonun tarafidan ta‘qiqlanganligiga asoslandi, chunki bu yo‗lovchilarga xavf solardi.
Hayot shuni ko‗rsatmoqdaki, davlat qanchalik boy, unda aholi turmush darajasi qancha yuqori bo‗lsa, mehnat bozori munosabatlari shuncha tinch, ish tashlashlar shunchalik kam va qisqa bo‗ladi.
O‗zbekiston sharoitida mehnat bozorining samarali shakllanishiga to‗siq bo‗ladigan bir qator cheklovchilar ham mavjud; mehnatni qo‗llanishning noqishloq xo‗jaligi mintaqalari yaxshi rivojlanmaganligi; mehnat haqining past darajasi; iste‘mol tovarlarining qimmatlashuvi; yollanma ish kuchining malakasi va safarbarligining pastligi; ish beruvchining yetarlicha tajribaga ega emasligi va hokazo.