Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Mehnat bozori strukturasi, mohiyati va zamonaviy mehnat bozorining



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə37/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

2.4. Mehnat bozori strukturasi, mohiyati va zamonaviy mehnat bozorining

hususiyatlari


Mehnat bozorining funksional tashkiliy strukturasi o‗z ichiga quyidagi elementlarni oladi: bandlik va ishsizlik sohasidagi davlat siyosati prinsiplari; kadrlar tayyorlash tizimi; yollash tizimi; kontrakt tizimi; ishsizlarni qo‗llab-quvvatlash fondi; qayta tayyorlash va qayta malaka oshirish tizimi, mehnat birjalari, bandlikni huquqiy tartibga solish. Jumladan O‗zbekiston Respublikasining Qonunlarida ―O‗zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi‖1996-yil,‖Aholini ish bilan ta‘minlash to‗g‗risida‖gi Qonun (yangi taxrir)1998-yil,O‗zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining ―O‗zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi 2001-yil 13-fevral 75-sonli Qarorida o‗z izohini topgan.
Mehnat bozorida sotuvchi va xaridor uchrashadi. Sotuvchilar - o‗z ish kuchini taklif qiluvchi xodimlar, xaridorlar esa ularga qancha va qanday xodimlar kerakligini mustaqil hal qila oluvchi mehnat jamoalari yoki alohida tadbirkorlardir.
Mehnat bozorida ish kuchiga talab va taklif qonuni amal qiladi va ish haqiga ta‘sir ko‗rsatadi. Mehnat bozorida nisbatan qobiliyatli tadbirkor xodimlarning shafqatsiz tanlovi sodir bo‗ladi. Zaif va qobiliyatsizlarni bozor ayamaydi. SHu bilan birga u yuqori malakali mehnatni rag‗batlantiradi, har bir kishining qo‗shgan hissasi va olgan konkret natijasi o‗rtasidagi qat‘iy o‗zaro bog‗lanish vujudga kelishiga ko‗maklashadi.
Halqaro tajriba ko‗rsatishicha mehnat bozori raqobatli, xususiy mulkichlikka asoslangan iqtisodiyot va demokratik ijtimoiy institutlardan tashqarida mavjud bo‗la olmaydi.
Milliy mehnat bozori butun ijtimoiy ishlab chiqarishni qamrab oladi - har bir tarmoq u orqali o‗ziga zarur maxsus kasbiy-malakasi tarkib kadrlariga ega bo‗ladi.
Mehnat bozorida quyidagi imkoniyatlar amalga oshiriladi:

  • kasb, tarmoq faoliyat tarmog‗i va joyini erkin tanlash;

  • mehnat qonunchiligi normalariga rioya qilgan holda yollash va bo‗shatish;

  • mehnat resursini mintaqalar, tarmoqlar va professional-malakaviy guruhlar o‗rtasida mustaqil va iqtisodiy rag‗batlantiriluvchi migratsiyasi (ko‗chishi);

  • ish haqi va boshqa daromadlarning erkin harakati. Ish kuchi o‗ziga xos alohida tovar turi. Uning ishlab chiqaruvchanlik sifati butunlay raqobatli iqtisodiyot samaradorligini, uning yuqori sifatli tovarlar va xizmatlar yaratish imkoniyatini, ilmiy-texnik va tashkiliy o‗zgarishlar qo‗lami va sur‘atlarini aniqlaydi. SHuning uchun mehnat bozoriga bilimli va ijodiy faol ish kuchini tayyorlash va chiqarish halq xo‗jaligi yashash faoliyatini ilk asoslaridan biridir.

Ish kuchining yana bir xususiyati - uning shaxsiy, ijodiy qobiliyatini ifodalovchi imkoniyatlarini rivojlantirishdan, birinchi navbatda, o‗zi manfaatdor.
Mehnat bozorining asosiy maqsadi birinchidan, iqtisodiy faol aholining kasbiymehnat va turmush ehtiyojini qondirish va halq xujaligini zaruriy kadrlar bilan ta‘minlash, ikkinchidan maksimal to‗la bandlikka va minimal qoloq bandlikka erishish.
G‗arbiy mehnat bozorining prinsipial xususiyatlaridan biri– tadbirkorlik faoliyatining keng tarqalganligidir.Taxminan AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniyada mehnat qiluvchilarning har uninchisi, Yaponiyada - har yettinchisi, Italiyada – har beshinchisi tadbirkor hisoblanadi. Ularning deyarli 3 dan 2 qismi o‗rta va kichik korxonalarni boshqaradi, har to‗rtinchisi esa 20 va undan kam kishi band bo‗lgan ishni olib boradi.
Mehnat resurslarining umumiy malaka darajasi hozirgi kunda shundayki, barcha kasb vakillari tadbirkorlik bilan muvafaqqiyatli shug‗ullanmokda, bu jihatdan ishchi birinchilikka ega. 1990-yilda AQSHda tadbirkorlarning 23% ishchi kasblarga, 18% - boshqaruv faoliyati tadbirlariga, 18% - savdo bilan, 15% - xizmatlar bilan bog‗liq kasblarga, 16% - oliy yoki turli yo‗nalishdagi ilmiy ma‘lumotga ega edi, 10% fermerlik bilan shug‗ullanar edi.
Yana bir muhim jarayon - jamoaviy mulkchilik shakliga asoslangan korxonalarning ko‗payishi mehnat bozoriga yaxshi ta‘sir ko‗rsatmoqda.
Yana bir muhim jarayon - jamoaviy mulkchilik shakliga asoslangan korxonalarning ko‗payishi mehnat bozoriga yaxshi ta‘sir ko‗rsatmoqda. Amaliyot ko‗rsatishiga bunday korxonalar mahsulot sifati va ishlab chiqarish unumdorligining o‗rtacha tarmoq ko‗rsatkichlaridan yuqori natijalarga ega, ishchi va xizmatchilar ishlab chiqarishni takomillashtirishga ko‗proq ishtiyoq bilan qatnashadilar. SHu bilan birga zaruriyat tug‗ilganda ish haqi va ish haftasini vaqtincha uzaytirish holatlariga oson rozi bo‗ladilar. Bunday ishlab chiqarish jamoalari raqobatli kurashda muvaffaqiyatliroq qatnashadi va konyukturaviy bozor tebranishlari davrida mustahkamroq. Qayta malakalash, kasbiy darajani oshirish, shtatni qisqartirish muammolari e‘tibor va insoniylik bilan hal qilinadi. Ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash maqsadida qo‗shimcha sexlar, raqobatbardosh sho‗ba korxonalar yaratiladi.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin