Kadrlar zaxirasini shakllantirish korxona ishonchli faoliyat yuritishi uchun hayotiy muhim vazifa hisoblanadi. Chunki, xizmatchilarning vafoti, kasalligi, ta‘tili, mehnat safariga chiqishi va ishdan bo‗shashi tufayli yuzaga keladigan vakansiyalarni to‗ldirish imkonini beradi. Kadrlar zaxirasi – personalning yuqoriroq malakali ish joylarini egallash uchun rejali tayyorgarlikdan o‗tayotgan qismidir. Kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun boshlang‗ich ma‘lumotlar:
Kadrlar zahirasi har qanday shakldagi korxona (yirik, o‗rta, kichik) uchun zarurdir. Shuning uchun kadrlar zaxirasi turli yo‗llar bilan shakllantiriladi. Falsafasi o‗z zaxirasini tarbiyalash va ―begonalarni‖ qabul qilmaslik asosida qurilgan yirik korxonada chiziqli rahbarlar uchun kadrlarning vertikal rotatsiyasi va funksional xizmatlar mutaxassis rahbarlari uchun kadrlarning gorizontal rotatsiyasiga asosiy e‘tibor qaratilishi lozim. Zaxira bilan muammolar asosan marketing, qimmatli qog‗ozlar, jamoatchilik bilan aloqalar kabi chetdan xizmatchi qidirish zarur bo‗lgan bo‗limlarda yuzaga keladi.
Personal soni unchalik katta bo‗lmagan (500 kishigacha) o‗rta korxonalarda zaxiraning asosiy qismi o‗z xizmatchilari hisobiga shakllantirilishi mumkin. Zaxiraning qolgan qismi kasb-hunar kollejlari, oliy o‗quv yurtlari bitiruvchilari hisobiga to‗ldiriladi. Ular amaliyot va yosh ishchi, mutaxassis sifatida ishlash jarayonida rejali ravishda malakaliroq ishga tayyorlanishadi.
50 ta kishidan ortiq ishchi ishlamaydigan kichik korxonalarda zaxira shakllantirish murakkabroq vazifadir. Chunki, shtatda ikkita sekretar-referent, ikkita bosh buxgalter, yuristkonsult, dasturlovchi, marketologlarni saqlash qimmat va ruhiy jihatdan mumkin emasdir. Fikrimizcha, kadrlarni doimiy o‗qitish va personalni gorizontal rotatsiyasi asosida kasblar va kasblarni o‗zgartirish real usuldir.