Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Institut va boshqa o„quv muassasalariga chiqish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə43/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Institut va boshqa o„quv muassasalariga chiqish. Ko‗pgina yetakchi tashkilotlar ―yosh qon‖- yangi, yosh mutaxassislarni jalb etish uchun metoddan foydalanadi. O‗quv mutaxassislariga chiqar ekan, tashkilot kompaniya prezentatsiyasini o‗tkazadi, mahsulotni namoyish etadi, turli videofilmlardan foydalanadi, bo‗lajak bitiruvchilar bilan suhbat o‗tkazib, ular qiziqqan savollarga javob beradi. Kompaniya vakillari bilan suhbat o‗tkazish nomzodlar ro‗yxatini yaratish imkonini beradi va boshqa metodlardan farqli o‗laroq, tanlov darajasi yuqori bo‗lib, keyingi bosqich tanlovlariga ketadigan vaqt va moliyaviy xarajatlarni qisqartiradi. Ammo shu bilan birga bu metod ko‗lami chegeralangan: direktor tanlash uchun institutga borish unchalik haqiqatga to‗g‗ri kelmaydi.
Davlat mehnat agentliklari. Ko‗pgina zamonaviy davlatlar hokimiyati ish qidirib yordam so‗rab murojjat etganlar uchun maxsus organlar tashkil etib, aholi ish bilan ta‘minlanganlik darajasini oshirishga ko‗mak beradi. Rossiya Federatsiyasida bunday muassasalar ishga joylashish bo‗yicha Federal byuro deb nomlanib, ular har bir ma‘muriy okrug – viloyatlar, munitsipal okruglar to‗g‗risida – yoshi, ma‘lumoti, kvalifikatsiyasi, malakaviy tajribasi, qiziqqan kasbi to‗g‗risida ma‘lumotlar bazasiga ega. Xodimlarga ehtiyoj mavjud tashkilotlar ushbu ma‘lumotlar bazasiga kirish imkoniyatiga ega. Ushbu usul kamxarj, biroq keng ko‗lamdagi salohiyatli nomzodlarni qamrab ololmaydi, chunki ish bilan ta‘minlash agentliklariga faqatgina aholining ma‘lum qatlamgina murojjat etadi, eng avvalo mehnat ta‘tilidan qaytgan ayollar va uy bekalari.
Personal tanlash bo„yicha xususiy agentliklar. Oxirgi 30 yil ichida personal tanlash iqtisodiyotning keng ko‗lamda rivojlanayotgan jabhasiga aylanib ulgurdi.
Ko‗pgina mamlakatlarda, shu jumladan, bizning davlatda ham, bu soha bilan shug‗ullanuvchi yuzlab xususiy kompaniyalar mavjud. Har bir agentlik o‗z ma‘lum bazasiga ega, shuningdek, mijozning talabiga ko‗ra maxsus nomzodlarni tanlash jarayonini amalga oshiradi. Xizmatlar bo‗yicha to‗lov nomzodning muvaffaqiyatli tanlangani holda amalga oshiriladi va yillik ish haqining 30%-50%ini tashkil etadi. Xususiy agentliklar yetarli darajada yuqori sifatli nomzodlar bilan ta‘minlaydi, ularning barcha talablariga javob berishi va keyingi tanlab olish jarayonini oson kechishiga imkon beradi.
Ko‗p tashkilotlar o‗z ichida rezerv to‗plashni amalga oshirishni ma‘qul ko‗radi:
o‗z xodimlarini xizmat bo‗yicha ko‗tarilishi arzonroq tushadi. Bundan tashqari ularning manfaatdorligi kuchayadi, ma‘naviy iqlim yaxshilanadi.

3-jadval Ichki va tashqi manbalardan kadrlarni yig„ishning afzalliklari va kamchiliklari11



Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin