Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


-bob. KADRLARNI TO„PLASH VA TANLASH USULLARI



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə40/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

3-bob. KADRLARNI TO„PLASH VA TANLASH USULLARI

3.1. Mehnat mazmuni va professional vazifalar tahlili


Kerakli xodimlarni yollash uchun rahbariyat ular xizmat vaqtida qanday vazifalarni bajarishini, bu ishlar qanday shaxsiy va ijtimoiy tavsiflarga egaligini aniq bilish zarur. Bu bilimlar ish mazmuni tahlili yordamida olinadi.
Bunday tahlilning bir necha usullari bor. Ulardan biri xodimni kuzatish va u bajarayotgan yuqori vazifa va harakatlarni aniqlash va qayd qilishni ko‗zda tutadi. Boshqa usul - bunda axborotni xodimning bevosita boshlig‗i bilan suhbatlashish orqali olish hisoblanadi. Uchinchi usul - xodimdan so‗rovnomani to‗ldirish yoki ishini va unga qo‗yiladigan talablarni yoritish iltimos qilinadi.
Mehnat mazmunini tahlil qilishda olingan axborot asosida lavozim yo‗riqnomasi ishlab chiqiladi, unda xodimning asosiy majburiyatlari, zaruriy bilim va ko‗nikmalari, shuningdek, huquqlari ko‗rsatiladi.
Professional vazifalar tahlili.
Professional vazifalar tahlili - ish joyi va lavozimlarning majburiyatlari bilan bog‗lik xususiyatlari va ularning dinamik tavsifnomalarini o‗rganish.
Bunday tahlil qator savollarga javob berishi lozim. Berilgan mehnat qanday vazifalar bajarilishini talab qiladi? Berilgan ishni bajarish uchun qanday malaka va ko‗nikmalar zarur? Berilgan ish qanday holatda (sharoitlarda) bajariladi? Mehnat yuqori tezkorlik bilan bog‗liqmi (masalan: gazeta muxbiri) yoki bog‗lik emasmi (masalan, bolalar bog‗chasida tarbiyachilik)?
Bunday tahlilga zarur axborotni olish uchun mehnat resurslari bo‗yicha ekspertlar, tadbirkorlar yoki kompaniya bo‗linmalari rahbarlaridan shunday axborotlarni so‗rab bilishlari, ijrochilar mehnatini bevosita kuzatish orqali bilishlari mumkin.
Xodimlar professional vazifalarini tahlil qilib, kadrlar bo‗limi rahbari xizmatchilar uchun lavozim yo‗riqnomasini yoki ishchilar uchun ishlab chiqarish operatsiyalari ta‘rifini va shuningdek, muayyan ish turi bajarilishi uchun zaruriy malakaviy talablarni ishlab chiqishi mumkin.
Lavozim yo‗riqnomasi – tashkilotning ichki huquqiy hujjati bo‗lib, hizmatchining boshqaruv apparatidagi vazifasi va o‗rni, funksional majburiyatlari, huquqi, javobgarligi va uni rag‗batlantirish masalalarini tartibga soladi.
Lavozim yo‗riqnomasi shtat jadvaliga muvofiq boshqaruv personalining har bir lavozimi bo‗yicha ishlab chiqiladi, hamda tarkibiy bo‗lim haqidagi qoidalarning mantiqiy davomi hisoblaniladi. Lavozim yo‗riqnomalari rahbar tomonidan kichik korxonalarda barcha xizmatchilari uchun, yirik va o‗rta korxonalarda bo‗lim boshliqlari uchun tasdiqlanadi.
Lavozim yo‗riqnomalari umumiy qism, funksional vazifalar xaritasi, huquqlar, javobgarlik, rag‗batlantirish kabi asosiy qismlardan iborat.
Lavozim yo‗riqnomalari quyidagilarga imkoniyat yaratadi:

  • funktsional vazifalaming xizmatchilar orasida teng taqsimlanishi;

  • muddatiylik, mehnattalablik, davomiylik va bajarish muddatlarining miqdor ko‗rsatkichlarini joriy qilish hisobiga vazifalarni o‗z muddatida va ishonchli bajarilish darajasini oshirish;

  • jamoada ijtimoiy-ruhiy iqlimni yaxshilash hamda boshliqlar va xizmatchilar o‗rtasidagi kelishmovchiliklarni yo‗qotish;

  • xizmatchining funktsional aloqalarini va boshqa mutaxassislar bilan aloqasini aniq belgilash;

  • xizmatchining boshqaruvchilik qarorlarini tayyorlash va qabul qilish hamda resurslardan foydalanish sohasidagi huquqlarini aniq belgilash;

  • xizmatchilarning funktsional vazifalari o‗z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun umumiy va shaxsiy javobgarligini oshirish;

  • xizmatchilaming moddiy va manaviy rag‗batlantirish samarasini oshirish;

  • Ish vaqtini boy berish va ortiqcha ishlanishining oldini olgan holda xizmatchilarni vaqt bo‗yicha bir tekis bandligini ta‘minlash.

Malakaviy talablar - berilgan ish turini eng yaxshi bajara oluvchi kishining ma‘lumoti, malakasi va oldingi tajribasi haqidagi ma‘lumotlami keltirish bilan tavsifnomasi yoritilgan hujjat.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin