Ilgari kadrlar bilan ishlash faqat ish kuchini to‗plash va tanlash tadbirlari bilan chegaralanar edi. Boshqaruv ishi yaxshi yo‗lga qo‗yilgan zamonaviy tashkilotlar kerakli kishilarni to‗plash faqat boshlash deb hisoblaydi. Tashkilotlarning moddiy resurslari qiymati vaqt o‗tishi bilan amortizatsiya hisobiga kamayib borsa, inson resurslari qiymati ortishi mumkin va zarur. Shunday qilib, tashkilotning hamda xodimlarning shaxsiy farovonligi uchun ham rahbariyat doimo kadrlar imkoniyatlarini har tomonlama o‗stirish ustida ish olib borish lozim.
Kadrlarni rivojlantirish bo‗yicha muvaffaqiyatli dastur yuqori qobiliyatlar va tashkilot oldida to‗rgan vazifalarni bajarishda kuchli motivatsiyaga ega bo‗lgan ishchi kuchi yaratishga yordam beradi. Tabiiyki, bu unumdorlikni ko‗tarishga, demakki tashkilot inson resurslari qiymati oshishiga olib kelishi kerak. Agar, masalan, shunday dasturni amalga oshirish natijasida mahsulotning zavod qiymatini oshirmasdan, uni yig‗uvchi ishchilarning mehnat unumdorligi 10% ga oshsa, tashkilotning inson resurslarini rivojlantirishga sarflangan mablag‗ foydasi bu ko‗rsatkichdan ancha yuqori bo‗ladi.
Jamoada kasbga yo„naltirish va moslashuv. Xodim mehnatini yanada unumli qilishda jamoada kasbga yo‗naltirish va ijtimoiy moslashuv birinchi qadam hisoblanadi. Agar rahbariyat yangi joyda xodim muvaffaqiyatidan manfaatdor bo‗lsa, tashkilot ijtimoiy tizimligini, har bir xodim esa, shaxsligini unutmasligi kerak. Tashkilotga yangi kishi kelganda, u oldingi tajriba va qarashlarni olib keladiki, ular yangi sharoita to‗g‗ri kelishi yoki to‗g‗ri kelmasligi mumkin. Masalan, oldingi boshlig‗i hukmdor va yozishma orqali muloqotni xush ko‗rgan bo‗lsa, yangi boshlig‗iga xat jo‗natishni lozim ko‗rishi mumkin. Vaholanki, yangi boshliq og‗zaki murojaatni yoqtiradi.
―Xodim‖ iborasi o‗zbek tilining izohli lug‗atida ―biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi‖ ma‘nosida talqin etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, medetsina xodimi, ilmiy xodim va hk.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondoshuv mavjud:
-inson resurslarini boshqarish; -xodimlarni boshqarish.
“Inson resurslarini boshqarish” tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek ijtimoiy rivojlanish masalalarini o‗z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi.
“Xodimlarni boshqarish” tushunchasi esa ko‗proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondoshuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondoshuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi.