Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Mehnat bozorining rivojlanish konsepsiyasi va qoidalari



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə35/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

2.3. Mehnat bozorining rivojlanish konsepsiyasi va qoidalari


O‗zbekiston Respublikasi mehnat bozorining rivojlanish konsepsiyasining asosiy maqsadi – mehnatga layoqatli aholi bandligining kamayishi, ishsizlikning o‗sishi, yangi ish joylarining kam yaratilishi, mehnat unumdorligining pasayishi, inflyasiyaning mavjudligi, mulkchilikning turli shakllarining sekinlik bilan vujudga kelishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‗zgarishlarning juda sekinlik bilan amalga oshirilishi, haqiqiy mehnat daromadlarining kamayishi kabi sharoitlarda ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish bo‗yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.
Mazkur konsepsiyaning strategik maqsadlari qilib quyidagilarni belgilash mumkin:

  • ijtimoiy yo‗naltirilgan mehnat bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish;

  • mehnatga layoqatli, ish bilan band bo‗lmagan aholini ish bilan ta‘minlovchi hamda ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam rivojlangan mahalliy va xorijiy bandlik xizmati tashkilotlari tizimini takomillashtirish;

  • yangi ish joylarini tashkil etishga aholining bandlik darajasini oshirishga va ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanishga asos bo‗luvchi chuqur iqtisodiytarkibiy islohotlarni amalga oshirish;

  • aholini ish bilan bandligini oqilona shakllantirish;

  • qayta ishlash sanoati, xizmat ko‗rsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratish va o‗smirlar, ko‗p bolalik ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun mehnatni kafolatlashtirilgan mintaqalarini tashkil etish;

  • ishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini ta‘minlovchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;

  • mulkchilikning ijara, jamoa, hissadorlik va xususiy shakllari va shaxsiy yordamchi xo‗jaliklarini rivojlantirish;

  • ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatishni mahalliy va xorijiy samarali texnologiya va texnika bilan ta‘minlash;

  • sanoat korxonalari va ishlab chiqarish - ijtimoiy infrastruktura obyektlarini vujudga keltirish;

  • mahalliy xodimlarning malakasini, raqobatbardoshligini va chet elga yuborilishini amalga oshirish va ular yangi iqtisodiy, ma‘naviy va mafkuraviy tafakkurini shakllantirish;

  • har bir ishsiz uchun ixtiyoriy va mustaqil ish joyini tanlash va mehnat qilish imkoniyatlarini yaratish;

  • mehnat bozori, ishsizlik va aholi bandligidagi jarayonlarni tartibga soluvchi iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.

Mazkur maqsadlarga uzluksiz erishish uchun mehnat bozori rivojlanishining asosiy bosqichlari va vazifalarini aniq belgilash zarur.
Mehnat bozorini rivojlantirishning asosiy bosqichlari:
1.1991 – 1996 yillar. Birinchi bosqichning asosiy vazifalari:
Mehnat birjasi va bandlik xizmatining boshlang‗ich tashkilotlari tashkil etilib, ular ishsizlik va bo‗sh o‗rinlar miqdori va tuzilishining hisob-kitobi, tahlili, kelajagi, band bo‗lmagan aholini ishga joylashtirish va qayta o‗qitish, bandlikka ko‗maklashish jamg‗armasini tashkil qilish va sarflash ishlari bilan shug‗ullanish, kichik va o‗rta biznes hamda xususiy tadbirkorlik doirasida imtiyozli kreditlarni ajratish yo‗li bilan yangi ish joylarini yaratish.
Ushbu bosqich davrida aholining ish bilan bandlik darajasining pasayishi, ishsizlikning oshishi, ishchi kuchiga talab va uning taklifi o‗rtasidagi nomunosabatlikning ortishi sodir bo‗ldi.
Ushbu bosqichning yakuniy natijasi: Mehnat bozorini shakllantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarning yaratilishi bo‗ldi.
2. 1997 – 2000 yillar. Ikkinchi bosqichda quyidagi vazifalar amalga oshirildi:

  • mahalliy va xorijiy investitsiyalar yordamida qishloq joylarida yangi ish o‗rinlarini yaratish;

  • o‗smirlar, ko‗p bolalik ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun kvotalangan ish joylarini tashkil qilish;

  • yangi ish o‗rinlari yaratuvchi – ish beruvchilarga moliyaviy yordam

ko‗rsatish;

  • ish kuchi taklifini uning malakasini, raqobatbardoshligini, eksportini oshirish orqali kamaytirish;

  • mulkchilikning turli formalarini shakllantirish va milliy iqtisodiyotda chuqur islohotlarni o‗tkazish asosida aholini ish bilan bandligi sohasida tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish;

  • ish haqi va boshqa mehnat daromadlarining manbalari darajasidan soliq stavkasini asta-sekin kamaytirish;

  • mehnat shartnomalarni tuzishni takomillashtirish.

Bo‗larning barchasi bandlikning sezilarli o‗sish va ishsizlikning kamayishi hamda ishchi kuchiga talab va uning taklifi o‗rtasidagi farqni qisqartirishiga ko‗maklashadi.
3. 2001 – 2005 yillar. Uchinchi bosqich quyidagilardan iborat:

  • ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifini kamayishiga yo‗naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni kuchaytirish;

  • bandlik xizmati va uning infrastrukturasida qudratli va tez rivojlanuvchi tizimni yaratish;

  • aholining oqilona bandligini shakllantirish;

  • ishsizlikni yul qo‗yiladigan darjasigacha qisqartirish;

  • ish bilan band bo‗lmagan mahalliy xodimlarning malakasi,

raqobatbardoshligi, ijtimoiy himoyasi va eksportini oshirish, mehnat bozori, bandlik va ishsizliknin tartibga solishning samarali tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini yaratish.
Qayd etilgan vazifalarni bajarish ijtimoiy yo‗naltirilgan mehnat bozorining shakllanishiga olib keladi.
4. 2006 – 2010 yillar. To‗rtinchi bosqichning asosiy vazifasi:
Ishchi kuchi talabi va taklifi o‗rtasidagi bozor muvozanatiga erishish.
Bularning barchasi mehnat bozorining samarali rivojlanishiga yo‗naltirilgan ishchi kuchi talabining oshishi va uning taklifining kamayishi bo‗yicha iqtisodiyijtimoiy va tashkiliy tadbirlar majmuasiga mujassamlashgan.

10-rasm. Mehnat bozorini rivojlantirishning asosiy bosqichlari10


Bugun ko‗p davlatlarda ish kuchi oldi-sotdisining ikki asosiy mexanizmi - mehnat kontraktlari va jamoaviy shartnoma(kelishuv)lar ishlatiladi.
Mehnat bozorini tartibga solishning oliy shakli - bosh kelishuvdir.
Bosh kelishuv - ishchi kuchini umuman mamlakat bo‗yicha oldi-sotdi sharoitlarining o‗zgarishini, umumiy yo‗nalishlarini aniqlovchi va hukumat, ish beruvchilar birlashmalari va kasaba uyushmalari o‗rtasidagi muzokara yakunlari bo‗yicha imzolanuvchi hujjat.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin