Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi
2. Xodimlar - maksimallashtirish zarur bo„lgan resurs. Ko‗p firmalarda, ayniqsa, bozorda yetakchilik uchun kurashishga majbur bo‗lgan firmalarda xodimlar va bozorni anglash o‗zgardi. Ular raqobat sharoitida bozorda ustunlik qilish kam darajada ishlab chiqarish xarajatlariga, ko‗p darajada mahsulotni differensiatsiyalashga, yangilik kiritish va bozordagi o‗zgarishlarga reaksiya tezligiga bog‗liqligini tushundilar.
Mahsulot tannarxi hisobiga asoslangan raqobat bozor o‗zgarishlariga tez moslashish qobiliyatiga asoslangan raqobatga yon bosa boshladi. Shunday fikrga kelindiki, agar kompaniya kimningdir boshqarish tizimidan nusxa ko‗chirib ustunliklarga erishgan bo‗lsa, demak, boshqa firmalar ham undan nusxa olishlari mumkin va ustunlik bunda yo‗qoladi. Shuningdek, beqaror iqtisodiy sharoitlarda bozorda uzoq muddatli ustunlikning yagona manbai o‗z xodimlarining qobiliyatlarini bilish hisoblanadi.
Amerikada ayrim elektronikaga ixtisoslashgan (Hewlett Packart, IBM) yetakchi kompaniyalarda inson resurslarini boshqarish amaliyotiga katta e‘tibor qaratildi. Bu yerda ishchilar mehnat birligi sifatida emas, balki kompaniya salohiyati va innovatsiyalar manbai sifatida qaraladi. Bunday kompaniyalarda boshqarish uslubi va personalga munosabat sinchiklab o‗rganildi. Ular ommaviy bozor va ommaviy ishlab chiqarish bilan bog‗langan xodimlarning yuqori ―chetlatilganlik‖ darajasidan birmuncha farq qiladi. Bu ommaviy ishlab chiqarish o‗rnini tez o‗zgarayotgan bozorda raqobat qilishga imkon beruvchi egiluvchan shakllar bosishi kerakligi haqidagi xulosani chiqarishga asos bo‗ldi.
Personalga aktivlarga kabi bo‗lgan munosabat, ya‘ni ularni iloji boricha o‗stirishni ko‗zlaydigan munosabat IRM bilan bog‗liq bo‗lgan ―yumshoq‖ masalani keltirib chiqardi. Korxonalarda 50 yillik ijtimoiy va ilmiy izlanishlar xodimlarning ixtirochilik qobiliyatlari va sodiqligini maksimallashtirishga qanday ko‗mak beradi? Motivlashtirish nazariyalari, liderlik uslublari, ish joyini jihozlash, guruhning ishi, sanoat korxonalarida mehnat munosabatlariga bag‗ishlangan adabiyotlar asosan amerikada chiqarilgan. Mehnat munosabatlarini o‗rganuvchi maktab ishini qayta o‗rganish IRMda ikkinchi yo‗nalish bo‗lib qoldi.