Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

Sub-madaniyatning turlari: 
1.
Ustunlik qiluvchi madaniyat. Ushbu madaniyat turi yuzaga 
kelgan bitta sub-madaniyat butun kompaniya madaniyatiga ta’sir 
etadigan holatlarda vujudga keladi. Masalan, yangi texnologiyalar ish-
lab chiqish bilan shug‘ullanuvchi “Apple” kompaniyasi xodimlari 
o‘ziga xos ish uslubi va kiyinish tarziga asoslangan sub-madaniyat 
yaratdilar. Bu sub-madaniyat ko‘pincha tashrif buyuruvchilarga kom-
paniya va uning mahsuloti yangi texnologiyalar vositasi ekanligini 
ko‘rsatish uchun foydalanilgan. Buning ustida ishlaydigan insonlarga 
qarang! Butun tashkilot madaniyatini asoslab beradigan bunday sub-
madaniyat ustunlik qiluvchi madaniyat deb ataladi. Bunday sub-
madaniyatlarni boshqarish muammosi shundaki, ular raqobat sha-
roitlarida tashkilot qarashlarida to‘liq ustunlik qilmasligi lozim.
2.
Hamkorlik madaniyati. Ushbu madaniyat turi odatda ustunlik 
qiluvchi madaniyat bilan umumiylik jihati kam bo‘ladi yoki undan 
umuman farq qiladi. Bu guruhlar birgalikda mavjud bo‘ladigan, lekin 
bazaviy korporativ qadriyatlar bilan raqobat qilmaydigan o‘ziga xos 
qadriyatlar to‘plamini ifodalaydi. Bunday sub-madaniyatga miollarni 
(Italiya) o‘zining yuridik bo‘limi yoki axborot texnologiyalari bilan 
shug‘ullanadigan bo‘limi mavjud tashkilotlarni topish mumkin. Bu ho-
latda madaniyatda professional qadriyatlar, masalan, ushbu guruh mu-
taxassislari faoliyati bilan bog‘liq ravishda tasavvur qilinadigan texnik 
savodxonlik ustunlik qiladi.
3.
Qarshi madaniyat. Ushbu tur ustunlik qiluvchi madaniyat bilan 
nizo holatida bo‘ladi yoki umuman u bilan birga bo‘la olmaydi. 
Ustunlik qiluvchi madaniyatdan farq qiladigan sub-madaniyatlar 
ayrim holatlarda tashkilotga foyda keltirishi, masalan, «pitomnik» yoki 
sinov maydoni bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


32 
Morgan tomonidan taklif etilgan usul korporativ madaniyatni 
tushunish usullaridan biri hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, 
madaniyat majoziy ma’noda taqdim etiladi, masalan, ijtimoiy yelim
aysberg, piyozbosh, soyabon va h.k. bilan qiyoslanadi. Shubhasizki, 
vizuallashtirish nomini olgan tanlab olingan namunalarni badiiy 
taqdim etish ham qiziqarli va bilishga oid hisoblanadi. Korporativ 
madaniyatni vizuallashtirish bu – madaniyatni, uning alohida element-
larini badiiy va grafik vositalar yordamida tasvirlashdir. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin