Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva


 “Samsung” korporatsiyasining tarixi va madaniyati



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

3.2. “Samsung” korporatsiyasining tarixi va madaniyati
Tarixdan ma’lumki “Samsung” Janubiy Koreaning dunyoga eng 
mashhur va eng kuchli kompaniyasi hisoblanadi. 1938-yil Janubiy 
Koreyaning Tego shahrida Samsung kompaniyasi oddiygina guruch 
do‘konidan ish boshlaydi, 
Li Byon Chxol–Samsung Group asoschisi 
Mobil olamning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lmish Samsung 
mobil va elektronika sohasida gigant kompaniyaga aylanib ulgurgani 
hech kimga sir emas. 1938-yilda asos solingan kompaniya mana shu 
davrga qadar katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi, shuningdek, butun 
dunyo bozorlariga innovatsiyalarni olib kirgani holda ulkan 
burilishlarga sabab bo‘ldi. Strategy Analytics ma’lumotlariga 
qaraganda, 2020-yilning uchinchi choragida u telefon sotishdan 
tushayotgan daromadini oldingiga nisbatan ikki karra oshirishga 
erishgan. 2019-yilning uchinchi kvartalida smartfon bozoridagi 


37 
daromadning 18,8%i Samsung kompaniyasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu 
yil mazkur ko‘rsatkich 32,6%ga yetgan. 
Shu bilan birga, “Samsung” uchun bu keyingi olti yil ichidagi eng 
yuqori natija ham hisoblanadi. 2014-yilning uchinchi choragida u 
smartfon bozoridagi ablag‘larning 37,9% qismiga egalik qilgan edi. 
Samsung kompaniyasi ichida barqaror rivojlanishni boshqarish bilan 
bir vaqtda, biz integrallashgan qadriyatlar yaratishga intilamiz. Foyda 
ko‘rsatkichlari va aksioner qiymatni ko‘paytirish bilan biz faqat foyda 
olmasdan, balki korporativ ijtimoiy mas’uliyatlari mavjud global 
kompaniya sifatida jamiyat manfaatlari uchun ham astoydil mehnat 
qilamiz. “Samsung” kompaniyasining asosiy qadriyatlari doirasida 
ta’minot tizimining barcha qismlarida innovatsion mahsulotlar yetkazish 
va xizmatlar ko‘rsatish bilan, biz iqtisodiyot rivoji, jamiyat manfaatlari 
va atrof-muhit muhofazasi uchun ustunliklar yaratamiz. Biz jamiyat 
manfaatlari uchun ko‘rsatiladigan moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan 
faoliyatimiz natijalarini kuzatib boramiz va ijobiy ta’sirlarni kuchaytirib, 
salbiy holatlarni kamaytirib boramiz
5

“Samsung” kompaniyasi mahalliy qonunlar va me’yoriy hujjatlar 
talablariga rioya qilishni, shuningdek, barcha xodimlaridan tijorat 
etikasining global kodeksiga qat’iy rioya qilishni talab qilishni o‘z 
zimmasiga oladi. Fikrimizcha, etikaga mos boshqaruv nafaqat global 
tijorat muhitida tez sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga javob berishning bir 
usuli bo‘libgina qolmay, balki manfaatdor shaxslar bilan, jumladan, 
mijozlar, hissalar, xodimlar, tijorat hamkorlari va mahalliy jamoatchilik 
vakillari bilan ishonchga asoslangan munosabat qurish vositasi hamdir. 
Jahonda etika standartlari eng yuqori bo‘lgan kompaniya bo‘lishga 
intilib, “Samsung” adolatli va shaffof korporativ boshqaruv usullarini 
qo‘llash yo‘li bilan o‘z xodimlarini tinimsiz tijorat etikasiga o‘rgatish 
jarayonida monitoring tizimlaridan foydalanmoqda. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin