himoya qilamiz va hurmat qilamiz. Oldin tegishli ruxsat yoki rozilik olmasdan turib intellektual mulk
haqidagi va maxfiy ma’lumotlarni e’lon qilmaymiz. Biz boshqa shaxslar-
ning intellektual mulkini hurmat qilamiz va ularning huquqlarini,
jumladan boshqalarning intellektual mulkidan noqonuniy foydalanish,
uning nusxasini ko‘paytirish, ishlab chiqarish, tarqatish va o‘zgartirishlar
kiritish kabi xatti-harakatlardan o‘zimizni tiyamiz.
Kompaniyamizda sog‘lom muhit yaratamiz. Kompaniyamizda jamoa ichida sog‘lom munosabatlarga zarar
ko‘rsatadigan xatti-harakatlar, jumladan, jinsiy tegajog‘liklar, xodimlar
orasida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan moliyaviy operatsiyalar va
zo‘ravonlikning ko‘rinishlari taqiqlangan. Guruhda nizolar chiqishiga
olib kelishi mumkin bo‘lgan fraksiyalar tashkil qilmaymiz va yopiq
guruhlar tashkil etmaymiz.
3.
Biz mijozlarimiz, aksionerlarmiz va xodimlarimizni hurmat qila-
miz.
Biz mijozlarimiz, aktsionerlarmiz va xodimlarimizni hurmat qila- miz. Bizning asosiy ahamiyat beradigan maqsadimiz mijozning qanoatlan-
ganligidir. Biz mijozlarimiz ehtiyojlariga mos va ular kutgan darajadagi
sifatli mahsulotlarimizni yetkazib beramiz va xizmat ko‘rsatamiz. Mi-
jozlarimiz bilan samimiy va do‘stona munosabatlarda bo‘lamiz va ularn-
ing barcha takliflari va arzlarini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, biz mi-
jozlarimiz ma’lumotlarini hurmat qilamiz.
Bizning boshqaruvga nisbatan yondashuvimiz aksiyalar narxiga yo‘naltirilgan. Oqilona investitsiyalar qilish va samarali boshqaruv hisobiga biz
aksionerlarimiz uchun uzoq muddatli foyda olishni ta’minlashga intila-
40
miz. Izchil boshqaruv faoliyati tufayli, biz barqaror foyda olishga va
kompaniyaning bozor narxini oshirishga intilamiz. Bundan tashqari, biz
aktsionerlarning huquqlari, oqilona talablari va g‘oyalarini hurmat qila-
miz.