Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva


Biz tijorat hamkorlarimiz bilan o‘zaro foydali munosabatlar



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

Biz tijorat hamkorlarimiz bilan o‘zaro foydali munosabatlar 
quramiz.
 


41 
Biz biznes hamkorlarimiz bilan o‘zaro ishonchga asoslangan ikki 
tomonlama munosabatlarni shakllantiramiz va ularni strategik hamkor 
sifatida tan olamiz. Biz jamoaviy o‘sishni davom ettiramiz va axloqiy, 
qonuniy qo‘llab-quvvatlash orqali hamkorlarimizning raqobatbardosh-
ligini mustahkamlashga intilamiz. 
Biz mintaqa an’analari va madaniyatni hurmat qilamiz va bir-
galikda o‘zaro foydali hamkorlik olib borish va gullab-yashnashga 
intilamiz.
 
Biz mahalliy jamiyatlarning qonunlari, madaniyati va qadriyatlarini 
hurmat qilamiz va mahalliy aholining hayot sifatini yaxshilash ishiga 
hissa qo‘shamiz. Biz jamoatchilik qiziqishini uyg‘otuvchi ta’lim, 
madaniy va sport tadbirlari o‘tkazib, sog‘lom jamiyatni rivojlantirishga 
yordam beramiz. Ko‘ngillilik (volonterlik) ishlarini olib borish va ta-
biiy ofatlarda aholiga yordam berish yo‘li bilan ijtimoiy foydali ishlar-
da faol ishtirok etamiz. 
Hozir “Samsung Group” konserni tarkibiga kimyo texnologiyalari 
sanoati, og‘ir va yengil sanoat, qurilish, avtomobilsozlik, marketing va 
reklama, moliya va sug‘urta, sayyohlik va dam olish xizmati kabi so-
halarda faoliyat yuritadigan yetakchi korxonalar kiradi. Samsung 
Group tuzilmasi Konsernga tegishli LCD monitorlari va televizorlar 
ishlab chiqaradigan zavodlar Janubiy Koreya – Suvon shahri (1981), 
Vengriya (1990), Malayziya (1995), Buyuk Britaniya (1995), Meksika 
(1998), Xitoy (1998), Braziliya (1998), Slovakiya (2002), Hindiston 
(2001), Vetnam (2001), Tailand (2001) va Ispaniyada (2001) faoliyat 
yuritadi. Bu tarmoq kompaniyaga yiliga 5 mlrd. AQSH dollaridan or-
tiq daromad olib keladi. “Samsung” 2012-yilning 1-choragidan 
boshlab LCD monitorlar va mobil aloqa vositalari ishlab chiqarish 
bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Qurilish sohasi 
kompaniyaga yiliga 2 mlrd AQSH dollari keltiradi. “Samsung Engi-
neering” asosan xorijiy buyurtmachilarga xizmat ko‘rsatadi va katta 
loyihalar bilan shug‘ullanadi. “Samsung Group”ning bosh ofisi binosi 
(Seul), jahondagi eng baland bino – Burj Xalifa (Birlashgan Arab 
Amirliklari), Petronas egizak minorasi (Kuala Lumpur), Taybey 101 
binosi (Tayvan) kabi dunyoga mashhur inshootlarni ana shu kompani-
ya qurgan. Hozirda Samsung kompaniyasining savdo belgisi Forbes 
jurnalining “Dunyoning eng qimmat Brendlari” ro‘yxatidan 9-o‘rinni 
egallagan. Uning asosiy raqobatchisi “Sony” esa 81-o‘rinni egallagan. 


42 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin