Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva


Biz xodimlarimiz hayoti sifatini oshirishga barcha say-harakatlarni



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

Biz xodimlarimiz hayoti sifatini oshirishga barcha say-harakatlarni 
amalga oshiramiz.
 
Biz barcha xodimlarga barobar imkoniyatlar beramiz va ularning 
shaxsiy qobiliyatlari va unumdorlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra adolatli 
munosabatda bo‘lamiz. Biz xodimlarimizni tinimsiz bilimlarini oshirish-
ga chaqiramiz va ish faoliyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan takomil-
lashuvlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bundan tashqari, shaxsiy tashabbus va 
ijodiy yondashuvga yo‘l ochishga yordam beradigan ish muhitini yarat-
ishga intilamiz. 
4. Biz atrof-muhit, insonlarning salomatligi va xavfsizligi haqida 
qayg‘uramiz. 
Kompaniyamiz - ekologik jihatdan xavfsiz boshqaruv tarafdori.
 
Biz atrof-muhitni himoya qilish bilan bog‘liq xalqaro standartlar, 
tegishli qonunlar va ichki ish olib borish tartibi talablariga rioya qilamiz. 
Biz faoliyatimizning barcha yo‘nalishlarida, jumladan loyihalar ishlab 
chiqarishda, mahsulot ishlab chiqarishda va sotuvda atrof-muhitni himo-
ya qilish uchun barcha harakatlarni, amalga oshiramiz. Biz resurslardan 
unumli foydalanish, jumladan ularni qayta ishlashda namuna 
ko‘rsatamiz. 
Biz insonlar salomatligi va xavfsizligi haqida qayg‘uyramiz.
 
Biz xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq xalqaro standartlar, tegishli 
qonunlar va ichki ish olib borish tartibi talablariga rioya qilamiz. Biz xa-
vfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilamiz, qulay ish muhiti 
yaratamiz va baxtsiz hodisalarni oldini olamiz. 
5.
Biz korporativ ijtimoiy mas’uliyatni his qiladigan kompani-
yadirmiz. 
Biz o‘z majburiyatlarimizni yuqori darajadagi ijtimoiy mas`uliyatni 
namoyish qilgan holda vijdon bilan bajaramiz.
 
Mahalliy hamjamiyatning bir a’zosining vazifalarini bajarish bilan 
biz kompaniyamizga nisbatan ishonchni oshirishga intilamiz. Biz yangi 
ish joylari 
yaratish uchun barcha say- harakatlarni amalga oshiramiz va 
soliq to‘lovchi sifatida o‘z majburiyatlarimizni to‘la anglaymiz. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin