97
erishish uchun insonning mehnat faoliyatiga tashqi ta’sir ko‘rsa-
tishdir”
10
.
Yana bir rossiyalik iqtisodchi olim A.P.Yegorshin “Motivatsiya –
inson o‘z ehtiyojlarini qondirishi uchun nimani qanday qilishi
kerakligini belgilaydi”
11
deb hisoblaydi.
Bu personalda sidqidildan
mehnat qilishga ehtiyoj tug‘dirishi zarur. Shunda personal o‘z
ehtiyojlarini qondirishning yagona yo‘li samarali mehnat qilishdan
iborat ekanligini anglab yetadi”
12
.
Xulosa qilib aytganda, personal bevosita
shu korxonada ishlashi
uchun u mehnati munosib qadrlanayotganligini aniq bilishi shart.
Bunga mehnatga qiziqtirish
tizimining eng asosiy vositasi
rag‘batlantirish tizimi orqali erishish mumkin.
Agar motivatsiya
insonni u yoki bu ishni bajarishga majburlaydigan ichki hissiyot
bo‘lsa, rag‘bat personal faolligini oshirishga xizmat qiladigan tashqi
hissiyotdir. Agar rag‘bat personalning ehtiyojlarini
qondirish uchun
g‘oyat muhim ahamiyat kasb eta olsa, u mehnat motivatsiyasi omiliga
aylanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: