104
Shuni
alohida qayd qilish lozimki, tahlil qilinayotgan davrda jami
xodimlar tarkibidan oliy ma’lumotlilar ulushining oshayotganini va
aksincha, o‘rta ma’lumotlilar ulushining
kamayib borayotganligini
ko‘rishimiz mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, bank faoliyatini
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
7.4-jadval
ATB “Agrobank”ning Toshkent viloyati bosh boshqarmasida
xodimlarning ma’lumoti bo‘yicha tarkibi, birlik*
№
Ko‘rsatkichla
r
Yillar
2020-yilni
2016-ga
nisbatan
o‘zgarishi,
%
2016
2017
2018
2019
2020
11
Jami
xodimlar soni
545
550
560
572
540
99,1
shundan:
22
Oliy
ma’lumotlilar
522
526
535
550
514
98,5
22.
1
Jamiga
nisbatan,%
95,8
95,6
95,5
96,2
95.2
-
33
O‘rta maxsus
ma’lumotlilar
15
17
13
13
18
120,0
33.
1
Jamiga
nisbatan,%
2,8
3,1
2,3
2,3
3,3
-
44
O‘rta
ma’lumotlilar
8
7
12
9
8
100,0
44.
1
Jamiga
nisbatan,%
1,5
1,3
2,1
1,6
1,5
-
*Manba:
ATB “Agrobank” Toshkent viloyati bosh boshqarmasi
ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Ilmiy izlanishlar jarayonida korxona personalining o‘z mehnatidan
qoniqishlari darajasini baholash uchun quyidagi mezonlar qo‘llanildi:
–
ish haqi miqdoridan qoniqish;
–
ish rejimidan qoniqish;
–
yangi
vazifalarni hal etish zarurati;
105
–
ishda mustaqillik;
–
mehnat faoliyatining shaxsiy qobiliyatiga muvofiqligi;
–
xizmat vazifasida o‘sish imkoniyati;
–
mehnatni tashkil etish darajasi;
–
bevosita rahbar bilan munosabatlar;
–
ish joyining texnika
bilan jihozlanganligi;
–
tashkilotda
ijtimoiy-maishiy
muammolarni
hal
etish
imkoniyatlari.
Agar bu omillar mavjud bo‘lmasa yoki personalni qoniqtirmasa,
ular mehnatdan qoniqmayotganliklarini namoyon etadilar. Agar bu
omillar personalni qanoatlantirayotgan bo‘lsa, ularning o‘z mehnatidan
qoniqishlari yuqori bo‘lishi shubhasizdir.
Mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy to‘lov mablag‘lari
tarkibida
ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash miqdorining oshishi oqilona emas.
Bunday o‘sishning sababi xodimlarning aybisiz yo‘qotilgan ish vaqti uchun
haq to‘langanligidir . Biroq, bunday xarajatlar tarkibida qonunan ko‘zda
tutilgan navbatdagi mehnat va o‘quv ta’tillarga haq to‘lash mavjud bo‘lib,
ular o‘sish tendensiyasiga ega.
“Agrobank” ATBning Toshkent viloyati boshqarmasida
xodimlarning mehnati munosib taqdirlanib, ishlagan yillari uchun
qo‘shimcha haq beriladi. Bu haqda ma’lumot 1-rasmda o‘z aksini
topgan.
Dostları ilə paylaş: