165
Takrorlash uchun savollar
1. G.Hofstedning tadqiqotlari nimaga bag‘ishlangan?
2. Makroiqtisodiy tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari nimadan
iborat?
3. Xodimlarni boshqarishda axloqiy tamoyillarni e’tiborga olish za-
rurmi?
4. Tashkilotning hayotiga nimalar yo‘naltirilishi kerak?
5. Ishchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar va nizolarni qanday oldini
olish mumkin?
6. Aksiyadorlik jamiyatining yig‘ilishi qanday muddatda tashkil qi-
linadi?
7. Korxona madaniyatining qaysi funksiyalari xodimga korporativ
madaniyat doirasida tahlil va tadqiqotga
moyillik sifatida shaxsiy
sabablarni qanday amalga oshirish imkonini beradi?
8. Korporativ madaniyatning qaysi funksiyalari tashkilotni raqobat
muhitida omon qolishiga yordam beradi?
9. Korporativ madaniyatning qaysi funksiyasining maqsadi inson-
larning fikrini va hayot mazmuniga bo‘lgan
munosabatlarini
shakllantirdi?
10. Yuqori darajada rasmiylashtirilgan va tuzilgan ish joyi ni-
malarni o‘z ichiga oladi?
166
X BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDAGI ZAMONAVIY
KORPORATIV MADANIYAT
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har
tomonlama
qo‘llab-quvvatlash,
ularning
huquq
va
qonuniy
manfaatlarini
himoya
qilish,
mamlakatimiz
istiqboli
uchun
mas’uliyatni o‘z
zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor,
shijoatli
yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy Majlis
palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston
Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil
qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Dostları ilə paylaş: