173
ishlab chiqib, amaliyotda qo‘llash masalalariga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Mana shunday muhim ahamiyatga molik masalalardan biri
“korrupsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo‘llaridan biri davlat
boshqaruvi organlari rahbar xodimlari madaniyatini oshirish, ularni
vatanparvarlik, mas’uliyatlilik ruhida tarbiyalash bo‘yicha ma’rifiy
ishlarni kuchaytirish hisoblanadi”. Yurtimizda bugungi kunda
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yoshlarni ijodiy tafakkur
qilishga o‘rgatish, korrupsiyaning salbiy oqibatlarini
ularning ongiga
chuqur singdirish asosiy vazifamiz sanaladi. Shunday ekan, jamiyatda
yoshlarning siyosiy va huquqiy ongini o‘stirish, inson uchun, uning
ma’naviy dunyosi uchun salbiy illat sanalgan turli ko‘rinishdagi
korrupsion jarayonlarga qarshi ijodiy tafakkur qobiliyatini kamol
toptirish muhim sanaladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonda korrupsiyadan xoli
jamiyat yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar izchillik bilan amalga
oshirilmoqda. Mana shu yo‘lda barchamiz yoshlarning huquqiy
savodxonligini oshirishimiz, qabul qilinayotgan qaror va qonunlarning
mohiyatini ularning ongiga
chuqur singdirib borishimiz, ularning bu
o‘zgarishlarda o‘z hissalari borligini his etishlariga erishishimiz,
yoshlarning qo‘shayotgan hissalarini ijtimoiy hayotda fuqarolarimizga
yetkazishimiz darkor. Chunki keyingi yillarda barcha sohalarda
shaffoflikni ta’minlash borasida islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bunday ishlarni qilmasak, jamiyatda ko‘p erishgan yutuqlarimizni
yo‘qotib qo‘yishimiz hech gap emas. “O‘tish davrining muayyan
qiyinchiliklari sharoitida fuqarolar ongida, ayniqsa, yosh avlodning bir
qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli
qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai
nazar shakllanishi va qaror topishi mumkin.
Qing‘ir yo‘l bilan boylik orttirishga intilish, basharti, u jamiyatning
va huquqiy nazoratning e’tiboridan
chetda qolsa, insonlarni, ayniqsa,
hayotga endigina qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarni yomon yo‘lga
og‘diradi. Axir, jamiyat va davlat uchun yosh avlodning axloqan
buzilishi va yuztuban ketishidan ham ayanchliroq, hol bormi o‘zi?”
Demak, har qanday vaziyatda ham jamiyat taraqqiyoti va uning
taraqqiy etishi uchun unda shakllanadigan turli mafkuraviy xurujlardan
xoli bo‘lish, yoshlarning ongida zamonaviy dunyo bilan hamnafas
174
ko‘rinish kasb etadigan milliy tarbiyani vujudga keltirish muhim
ahamiyatga ega.
Yoshlarda ijodiy tafakkurlashni shakllantirishda, eng avvalo, keksa
avlodning dono tajribasini ularning ongiga singdirish,
insoniy
fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, Vatan va millat oldidagi
burch va mas’uliyatni his qilishga o‘rgatish, qonunlarga rioya etish
fazilatlarini qaror toptirishdan iborat. Chunki Vatanga sodiqlik,
vatanparvarlik o‘zining qudratli ildizlari bilan oila, avlod-ajdodlarning
nomus-origa chuqur ehtirom bilan qarashga, insonning o‘z vijdoni va
burchiga sodiqligiga borib taqaladi. Shundagina yosh avlod
jamiyatdagi korrupsiyaga qarshi kurashishda
Vatan va yurt manfaati
yo‘lida, qolaversa, ertangi kelajak yo‘lida pok va vijdonan ishlashga
intiladi.
Bu borada yoshlarda korrupsiyaga qarshi mafkuraviy immunitetni
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqimizning
tarixan shakllanib kelgan yuksak milliy qadriyatlari vatanparvarlik,
insonparvarlik, adolat, milliy g‘ururni ma’naviy yuksaltirish kabilar
jamiyat ravnaqi yo‘lidagi qiyinchiliklarni engib o‘tishda yordam
beradi. Biz hoshlarimizda jamiyatdagi
mavjud salbiy illatlarga,
jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashishda umuminsoniy, milliy,
dunyoviy, axloqiy, estetik, ijtimoiy, oilaviy, tarixiy, diniy, iqtisodiy,
ma’naviy, siyosiy jarayonlardagi an’ana va udumlarni to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish mexanizmlarini o‘rgatishimiz lozim.
Shundagina
yoshlar
ma’naviyatini
kamol
toptirish
va
rivojlantirishda o‘ziga xos ijodiy tafakkur shakllanishiga keng yo‘l
ochgan bo‘lamiz. Mamlakatimizda yoshlarning korrupsiyaga qarshi
kurashishga doir faoliyatlarini doimiy ravishda kuchaytirib borish,
milliy va madaniy merosimiz asosida farzandlarimizning huquqiy
tarbiyasini oshirish bizning bosh maqsadimiz sanaladi. Yoshlarning
mafkuraviy va huquqiy immuniteti
qanchalik rivojlanib borsa,
beg‘araz raqobat muhiti va sog‘lom avlod shakllanadi. Biz bugun
mana shunday yosh avlodni tarbiyalash uchun bor kuch-g‘ayratimizni
sarflamoqdamiz. Bu yo‘lda barchamiz inson ongini zaharlovchi
korrupsiya illatlaridan ogoh bo‘lishimiz, har qanday salbiy
holatlarning oldini olishda yoshlarimizni to‘g‘ri yo‘lga boshlashimiz
kerak. Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlarida
huquqiy ong va milliy tarbiyani yuksaltirish, bunga nisbatan barcha
175
zarur chora-tadbirlarni ko‘rish, qolaversa,
yoshlarimiz uchun doimiy
ravishda huquqiy savodxonlik va estetik tarbiyani, targ‘ibot va
tashviqot ishlarini tashkil etib borishimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: