172
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozli vaziyatning oldini olish
maqsadida qo‘yilgan dadil qadam bo‘ldi. Unda ilm-fan nufuzini
yanada oshirish, ilmiy texnologik salohiyatni yuksaltirishda akademik
ilm-fanning rolini kuchaytirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini
davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini ta’minlash maqsadiga
qaratildi.
Qarorda yoshlarni ilm-fan sohasiga ommaviy tarzda jalb qilishga
yo‘naltirilgan yaxlit tizim – O‘zR FA tarkibida “Yosh akademiklar”
klubini tashkil etish vazifasi belgilab qo‘yilgan. “Yosh akademiklar”
klubining asosiy vazifasi bo‘lajak a’zolarini maxsus sinovlar asosida
saralab olish. Albatta, ilm-fanni yosh, iqtidorli, malakali kadrlar bilan
ta’minlash, xodimlarning bilimdonlik darajasini oshirish, ularning
qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratish,
ilmiy jarayonni jadallashtirish bilimga asoslangan iqtisodiyot modeli
hisoblanib, bu jarayonning samaradorligini ta’minlashda yangicha
yondashuvlarni izlab topishni taqozo etadi. Shu bilan birga, mamla-
katni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid ishlar oliy o‘quv yurtidan
keyingi ta’lim tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator
xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg‘or amaliyotini hisobga
olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda.
Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal
rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng
jalb qilish, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini
mustahkamlash, undan respublikaning innovatsion rivojlanishida sa-
marali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: