Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

Motiv
– inson xulq-atvori yoki xatti-harakatlarining ichki barqaror 
psixologik sababi; faollikka qaratilgan ichki ongli xohish. 
Norasmiy guruh 
– shaxslararo munosabatlar, umumiy manfaatlar, 
o‘zaro xush ko‘rish va h.k. asosida o‘z-o‘zidan yuzaga kelgan kichik 
guruh. Bunday guruh ijtimoiy strukturalardan nisbatan mustaqillik; guruh 
faoliyatining aniq ifodalanmagan maqsadi; an’analarga asoslangan va 
guruhga a’zolikni anglab yetish darajasiga bog‘liq bo‘lgan norasmiy 
nazorat bilan tavsiflanadi. 
Norasmiy yetakchilik
– qat’iy belgilab qo‘yilgan maqomga ega 
bo‘lmagan yetakchilik. 
Madaniy me’yor
– insonlar xulq-atvorini tartibga soladigan, ularn-
ing muayyan ijtimoiy va madaniy guruhlarga mansubligidan dalolat be-
radigan va ularning ko‘nglidagi tasavvurlarni ifodalaydigan madaniy 
faoliyat standarti. Me’yorning vazifasi tasodifiy vaziyatlarni, subyektiv 
sabablarni, psixologik holatlarni minimallashtirishdan iborat. O‘zaro 
munosabatlarni normativ tartibga solish har bir shaxs tomonidan ma’lum 
madaniyatda keng tarqalgan faoliyat me’yorlarini ixtiyoriy va ongli rav-
ishda qabul qilishni o‘z ichiga oladi. 
Ijtimoiy me’yor
– qandaydir xatti-harakatni taqiqlaydigan yoki buy-
uradigan qoidalar. 
Xulq-atvor me’yorlari
– jamiyat qo‘shilishadigan, tashkiliy tizimlar 
tomonidan yaratilgan ijtimoiy ko‘rsatmalarning eng odatiy tasavvurlari 
(urf-odatlar, odob-axloq qoidalari, xushmuomalalik qoidalari va 
boshqalar). Qarang: madaniy me’yor, ijtimoiy me’yor. 
Axloq 
– bu ongning qadriyatlar tarkibi, inson hayotini barcha so-
halarida, shu jumladan mehnat, turmush va atrof-muhitga munosabatni 
tartibga solishning ijtimoiy zaruriy usuli. Keng ma’noda – ijtimoiy 
ongning maxsus shakli va ijtimoiy munosabatlar turi. Tor ma’noda - in-
sonning bir-biriga va jamiyatga nisbatan munosabati tamoyillari va 
me’yorlari yig‘indisi. 


182 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin