Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva


Semantika  – tilshunoslik va mantiqning leksika birliklari mazmuni,  ma’nosi va talqini bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etadigan bo‘lim



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

Semantika 
– tilshunoslik va mantiqning leksika birliklari mazmuni, 
ma’nosi va talqini bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etadigan bo‘lim
.
Semiotika 
– belgilar va yoki belgilar tizimlari haqidagi fan. 
Madaniyat kuchi
– tashkilotda ro‘y berayotgan hamma narsaga 
madaniyatning ta’sir qudrati yoki birlamchiligi. Tashkilot qadriyatlari in-
dividual qadriyatlarga muvofiqlik darajasi. 
Simvol
(grech. symbolon – belgi) – belgilarni ifodalash uchun foyda-
laniladigan moddiy predmetlar muvofiqlashtirilgan to‘plami elementi. 
Simvol – begilangan, ijtimoiy qayd qilingan va avloddan avlodga uza-
tiladigan buyum, predmet, hodisaning mazmun-ma’nosi. 
Korporativ madaniyat vositalari
– kompaniyada korporativ 
madaniyatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash usullari va vositalari. 


184 
Sub-madaniyat –
hukmron madaniyat doirasida to‘laqonli mustaqil 
tuzilmani ifodalaydigan ijtimoiy guruhning hayotiy uslubi, xulq-atvor 
modellari, qadriyatlar tizimi. 
Ijodiy fikrlash
– tasavvurga asoslangan fikrlash. G‘ayriodatiy va no-
vatorlik g‘oyalarini bajarish qobiliyati. 
Tip 
– ma’lum bir belgilar, xarakterli xususiyatlarga ega bo‘lgan biron 
narsaning turi, shakli, shuningdek, ma’lum predmetlar, hodisalar guruhi 
unga mansub bo‘lgan namuna. 
An’analar –
avloddan avlodga o‘tib keladigan hamda uzok vaqt 
davomida belgilangan ijtimoiy guruhlarda namoyon bo‘ladigan madaniy 
va ijtimoiy meros. An’analar ijtimoiy-madaniy meros obyektlarini 
(moddiy va ma’naviy qadriyatlarni); ijtimoiy-madaniy meros jarayon-
larini; bunday merosni olish usullarini o‘z ichiga oladi. An’analar sifatida 
madaniy namunalar, institutlar, me’yorlar, qadriyatlar, g‘oyalar urf-
odatlar uslublar ishtirok etadi. 
Qat’iy ishonch
– boshqaruv kommunikatsiyalarida foydalaniladigan 
uning tanqidiy fikrlashi orqali shaxsga ta’sir etish usuli. Qat’iy 
ishonchning asosi mantiqiy dalillar hisoblanadi. 
Rasmiy guruh
– strukturasi va faoliyati oqilona tashkil qilingan va 
aniq belgilab qo‘yilgan guruh qoidalari, maqsadlar va rol funksiyalariga 
muvofiq standartlashtirilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy guruh. Rasmiy 
guruhlarda ijtimoiy munosabatlar shaxssiz xarakterga ega bo‘ladi va 
oldindan belgilangan rollar orqali amalga oshiriladi. Bu rollar tashqi mu-
hit va madaniyat me’yorlariga muvofiq rasmiylashtirish tendensiyasiga 
ega. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin