183
Korporativ madaniyat tamoyillari
– kompaniya og‘ishmasdan
amal qiladigan va ularga muvofiq personal bilan o‘z munosabatlarini
yo‘lga qo‘yadigan tamoyillar.
Raqobatlashuvchi qadriyatlar ramkali tuzilmasi
– tashkiliy
madaniyatini tahlil qilish vositasi. Asosiy qadriyatlarni belgilab beradi-
gan, tashkiliy samaradorlik ko‘rsatkichlari aniq ajratiladigan to‘plamini
(samaradorlik mezonlari to‘rt guruhi) ifodalaydi.
Ijtimoiy-madaniy tartibga solish
– insonlar hayotiy faoliyatining
jamoaviy shakllarini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan madaniyatning
asosiy funksiyalaridan biri; ijtimoiy-madaniy tashkilot doirasida ularning
individual
va ayniqsa, guruh manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish, bir-
galikdagi faoliyat davomida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar va
ziddiyatlarni
bartaraf qilish, faoliyat natijalarini baholash mezonlari va
ijtimoiy faollik umumiy maqsadlarini aniqlash uchun insonlarning o‘zaro
aloqalarida ma’lum bir tartibga solinganlikni qaror toptirish va qo‘llab-
quvvatlash jarayoni sifatida amalga oshiriladi.
Ritual
– rasm-rusumlar tizimi eng avvalo, ramziy ma’noga ega, te-
zkor
maqsadga muvofiq emas, lekin guruhning doimiy a’zolari yoki
guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga hissa
qo‘shadigan rasmiylashtirilgan xatti-harakatlar yoki xulq-atvor. Ritual
rasmiy munosabatlarda
kommunikativ va ramziy, ijtimoiy nazoratda,
hokimiyatni amalga oshirishda va hokazolarda muhim rol o‘ynaydi.
Rolli modellar
– alohida shaxs yoki
guruhning harakatlar ketma-
ketligiga rioya qilishni talab etadigan va berilgan vaziyat turiga reaksiya
hisoblangan nisbatan doimiy xulq-atvor modeli.
Dostları ilə paylaş: