Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

Kommunikativ kanallar
– belgili verbal (nutqqa oid belgilar tizimi) 
va noverbal (nutqqa oid bo‘lmagan – optik-kinestetik, paralingvistik, 
ekstralingvistik, proksemik, vizual) tizimlar vositasida shaxslararo va 
jamoaviy muloqotda axborot uzatish va qabul qilish usuli. 
Kommunikatsiya
(lat. communicare – umumiy qilish, xabar qilish, 
suhbat qilish, bog‘lash) – turli verbal va noverbal kommunikativ 
vositalar yordamida turli kanallar bo‘yicha shaxslararo va jamoaviy mu-
loqotda axborot uzatish va qabul qilish ijtimoiy shartlangan jarayoni. 
Ijtimoiy-madaniy kommunikatsiya 
– ushbu madaniyatda qabul qi-
lingan belgilar (tillar) tizimi, ulardan foydalanish vositalari va usullari 
vositasida axborot uzatish yoki almashlash vositasida ijtimoiy-madaniy 
faoliyat subyektlari (shaxslar, guruhlar, tashkilotlar va h.k.) o‘rtasida 
o‘zaro aloqalar jarayoni. 
Rasmiy kommunikatsiya 
– reglamentlar, tartib-taomillar ta’rifi, la-
vozim yo‘riqnomalarida oldindan belgilab qo‘yilgan kommunikatsiyalar 
rasmiy kommunikatsiyalar hisoblanadi. 
Tashqi muhit tarkibiy qismlari
– firmaga bevosita va bilvosita 
ta’sir etadigan omillar. Firmalar faoliyatiga bevosita ta’sir etadigan omil-
lar qatoriga raqobatchilar, iste’molchilar, ta’minotchilar, o‘rinbosar-
tovarlar va boshqalar kiritiladi. Bilvosita ta’sir omillari sifatida siyosat, 
madaniyat, texnologiya, geografiya va h.k. ko‘rib chiqiladi. 


179 
Korporativ madaniyat elementlari 
– kompaniyaning shakllanish va 
rivojlanish bosqichida yuzaga kelgan korporativ madaniyatning qadri-
yatga oid yo‘nalishlari. 
Kontr-madaniyat 
– hukmron madaniyatdan farq qilibgina qol-
masdan, hukmron qadriyatlarga qarshi bo‘lgan sub-madaniyat.
Madaniyatlar o‘rtasidagi ziddiyat
– alohida shaxslar, ularning 
guruhlari, shaxs va guruh, shaxs va jamiyat, guruh va jamiyat, turli ja-
moalar yoki ularning ittifoqlari o‘rtasidagi qiymat-me’yoriy munosaba-
tlar, yo‘nalishlar, pozitsiyalarda qarama qarshiliklarning muhim bos-
qichi. U o‘zining g‘oyaviyligi, shartliligi, baholovchi pozitsiyalar, dun-
yoqarash va diniy qarashlarning nomuvofiqligi, u yoki bu ijtimoiy 
ahamiyatga ega faoliyatni amalga oshirish uchun me’yorlar va qoidalar 
an’analari va h.k., ya’ni pirovardida, mafkuraviy (individual yoki guruh) 
ko‘rsatkichlarida belgilab qo‘yilgan qarama-qarshi tomonlarning ijtimoiy 
tajribalaridagi farq tufayli o‘ziga xosdir. 
Konformlik 
– bu insonning xatti-harakatlarini boshqa insonlarning 
ta’siri ostida ularning talablari va xatti-harakatlarining stereotiplariga 
mos keladigan tarzda o‘zgartirishga moyilligi. U tegishli shaxsiy 
xususiyatda – konformizmda qayd etiladi. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin