10.1.
Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning
dolzarb masalalari
Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol
shaxs bo‘lib voyaga etishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning
madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga
bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
“besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga
oshirilmoqda.
Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv
yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-
parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi
namunadagi ta’lim maskanlari – “Prezident maktablari”, “Temurbeklar
maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv sharoitida raqobatga
qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat
qilmoqda
41
.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada
rivojlantirish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon
qilindi.
41 O‘zbekiston Respublikasi VM Qarori 23-son .2021-yil 18.01
167
Hozirgi kunda butun dunyoda globallashuv, madaniyatlar
aralashuvi jarayoni kechmoqda. Bu murakkab jarayon nafaqat
yoshlarga, balki kattalar dunyoqarashiga ham ta’sir etadi. Bir
tomondan, axborot texnologiyalari kundalik hayotimizga shu qadar
shiddat bilan kirib kelayaptiki, buni har qanday raqamlarsiz ham
kuzatishimiz mumkin. Ayni paytda mamlakatimizda 1500 dan ziyod
ommaviy axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. Ushbu ommaviy
axborot vositalari navqiron avlod vakillarining axborot madaniyati va
mafkuraviy immunitetini shakllantirishga hissa qo‘shmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim olish jarayonlariga ham axborot kommuni-
katsiya tizimlarini joriy qilish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga
oshirildi. Xususan, ta’lim muassasalarini kompyuter texnikalari bilan
ta’minlash barobarida ta’lim berishning zamonaviy usullaridan
foydalanish, barcha ta’lim muassasalarida axborot-resurs markazlari
tashkil etilib, ularda Internet tizimidan foydalanish imkoniyatlari
yaratib berilgan. Biroq masalaning yana boshqa bir tomoni borki,
yaratilayotgan imkoniyatlardan yoshlar qay yo‘sinda foydalanayapti?
42
Bu kabi imkoniyatlar ularning kamol topishiga qanday ta’sir
ko‘rsatayapti? – degan og‘riqli savollar vujudga kelmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda yoshlarning 90%
asosiy axborot manbai sifatida Internetga murojaat qilmoqda.
Foydalanilayotgan axborot vositalarining katta qismi asosan “Twitter”,
“Instagramm”, “Facebook”, “Odnoklassniki” kabi ijtimoiy tarmoqlar
va video, audio portallarga to‘g‘ri kelsa, ma’lum bir qismigina zararli
ta’sir etmaydigan, ilmiy, madaniy va ma’rifiy saytlardan iboratligini
kuzatishimiz mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda
Internet tarmog‘ida o‘z joniga qasd qilishning oson yo‘llarini targ‘ib
qiluvchi 9 ming, shahvoniy mazmundagi 4 mingdan ziyod saytlar
mavjud bo‘lsa, 49% kompyuter o‘yinlari zo‘ravonlik va yovuzlikni
targ‘ib qiladi. Ayni vaqtda 42% bolalar va o‘smirlar onlayn tarzida
tarqatiladigan pornografiya ta’siriga butunlay tobe bo‘lib qolgan.
Xalqaro ekspertlar dunyo miqyosida 38% bola zo‘ravonlik ruhidagi
saytlarga, 26% millatchilik xarakteridagi vebsahifalarga muntazam
kirishini tasdiqlamoqda. Qayd etib o‘tilgan masalalar bevosita har bir
yoshning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘z o‘rnini egallashi,
42 Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning dolzarb masalalari Rasul Kush-
erbayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
168
fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish yo‘lidagi muammolar qatorida
turibdi. Fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bevosita huquqiy
savodxonlik darajasini oshirish bilan ham bog‘liq. Yoshlarda kuchli
fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda, afsuski, amaliyotda quyidagi
muammolar ko‘zga tashlanmoqda.
Tarbiya jarayoni va bunda ota-ona tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan
mas’uliyatsizlik. Afsuski, bugun ayrim oilalarda ota o‘z bolasi uchun
ideal shaxs sifatida gavdalanmay qo‘ygan. Maktab ta’lim jarayonidagi
muammolar: 9 yillik ta’lim, 12 yillik ta’lim, 11 yillik ta’lim, lotin va
kirill alifbosidagi o‘zaro moslashmaslik, ta’limda eksperimentlarning
muttasil o‘tkazilishi uzluksiz ta’limda salbiy asoratlar qoldirmoqda,
avlodlar o‘rtasidagi tarixiy bilimlarning o‘zaro nomuvofiq holda
shakllanishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, ta’lim jarayoniga jalb
etilganlarning ijtimoiy va moddiy ahvoli yetarli darajada qo‘llab-
quvvatlanmaganligi ham bu borada muhim muammolar qatorida
turibdi.
Oliy o‘quv yurtiga kirishda sun’iy va mantiqsiz sinov test
imtihonlarining joriy etilgani, oqibatda yoshlar bilim olishga emas, test
yechishga tayyorlanayotgani, shuningdek, hududlar bo‘yicha sharoitlar
har xil bo‘lishiga qaramay, hamma uchun bir xil savollar berilishi,
kvota, kirishning o‘ta qiyin, bitirishning oson prinsipi amalda
qo‘llanilishi
yoshlarda
fuqarolik
pozitsiyasi
mustahkamligini
ta’minlashda to‘siq bo‘lmoqda. Ta’lim muassasalari va mehnat
jamoalarida “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga yetarli darajada
amal qilinmaydi. O‘rta ta’lim va mehnat bozori o‘rtasida o‘zaro
muvofiqlikning yo‘qligi, masalan, tibbiyotchi, o‘qituvchida o‘rta
ma’lumot bo‘lsa, uni ishlamasin, degan vazirlikning talabi
mantiqsizlikning davomi bo‘lib turibdi.
Oliy ta’lim va mehnat bozori o‘rtasida o‘zaro muvofiqlikning
yo‘qligi, ya’ni mehnat bozorida qanday kadrga ehtiyoj bor, nega yirik
korxonalardan buyurtma olish prinsipi bo‘yicha ishlanmaydi, degan
savollarga yechim topilmayapti. Oqibatda ma’lum yo‘nalishlarda
kadrlar ko‘p bo‘lsa-da, ish yo‘q. Ma’lum kasblar uchun pul topish va
jamiyatda alohida ustun mavqega olib kelish imkoniyati yaratib
qo‘yilgani, shu soha vakillari va idoralarga qonunlarda vakolatlarning
kuchaytirib yuborilganligi oqibatida o‘zbek yoshlarning orzusi:
169
prokuror, militsiya va boshqa “obro‘”li kasblarga o‘zlarini urish bilan
chegaralanib qolmoqda.
Masalan, bir muddat ilgari O‘zbekistonda ayollar va bolalar
muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot qishloqda yashovchi 15-
16 yashar o‘smirlardan kollej va litseylarni bitirganlaridan keyin kim
bo‘lishlari haqida so‘ragan. So‘rov mualliflarining aytishlaricha, uchta
asosiy javob “tuman prokurori”, “tuman militsiyasi boshlig‘i” va “tu-
man sudi raisi” bo‘lgan. Bu mansablar hammaga ham yetmasligi
mumkin-ku, degan savolga yoshlar darhol “Unda uylanib, oilaviy
hayotni boshlaymiz”, deb javob berishgan.
Afsuski, shu kunga qadar yoshlarning psixologiya bilan ishlash
masalasi birinchi darajali masala sifatida ko‘rilmay, ortga surilgani
oqibatida turli ruhiy bosim yoki hayotga noto‘g‘ri qarash bilan ja-
miyatga kirib kelayotgan yoshlar ko‘payib borayotganligi ham
fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi muhim to‘siqlardan biri
bo‘lib turibdi. O‘z joniga qasd qilishlar ko‘payib borayotgani, ayrim
huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillarining axloq normalaridan
chiqib, hatto so‘roq vaqtida ayolni yechintirishgacha borgani va h.k.
Ishlar, avvalo, yoshlarning psixologiyasi bilan ishlash masalasiga
yetarli darajada ahamiyat qaratilmaganligi bilan bog‘liq. Bu, o‘z
navbatida, korrupsiya, mahalliychilik va boshqa illatlarning avj olish-
iga ham sabab bo‘luvchi omillar qatoriga kiradi. Ko‘rib turibmizki,
ayni paytda dunyo iqtisodiyotida innovatsion texnologiyalarning
ulushi tobora ortib bormoqda. Shu bois, yoshlarning innovatsion g‘oya
va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni kuchaytirish,
avvalo, mazkur yo‘nalishdagi qonun hujjatlarini takomillashtirish ma-
salasi qonun ijodkorlari oldiga katta mas’uliyat yuklamoqda. Bunda,
ayniqsa, tadqiqot ishlari bilan mashg‘ul, yangi zamonaviy loyihalar us-
tida
ishlayotgan
izlanuvchan,
iqtidorli
yoshlarni
yanada
rag‘batlantirish, innovatsion texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga
keng jalb etishda ularning salohiyatidan to‘g‘ri va samarali foyda-
lanish, eng muhimi, aholining eng harakatchan, serg‘ayrat qatlami
vakillarining imkoniyatini to‘g‘ri baholash masalalarida amaldagi
qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish ustuvor va-
zifa hisoblanadi.
|