Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

tarixiy-formatsion yondashuvda
ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga 
e’tibor berilgan.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
(iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va 
moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda 
jamiyatning 
ishlab chiqaruvchi kuchlarini
tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, 
ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar 
bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-
buyumlashgan elementlar tizimidan iborat.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy 
ko‘rsatkichidir. 
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat kuchlari, ashyolari va boshqa 
moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri bilan ham 
munosabatlarda bo‘ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. 
Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab 
chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar 
o‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘lib, shu bilan birga ishlab chiqarish 
holatini bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan 
bosqichlarning xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu 
masalan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ishlab 
chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishidir. Ishlab chiqarish har doim 
muayyan ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi. Bu ijtimoiy shakl iqtisodiy munosabatlarni 


98 
vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab chiqarish vositalariga 
mulkchilik munosabatlari tashkil etadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin