Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-bob. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

3-bob. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK 
MUNOSABATLARI
Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat 
taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy 
munosabatlar bir joyda o‘zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o‘zgarib, 
rivojlanib boradi. Shunga ko‘ra, mazkur bobda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
bosqichlari va ularni bilishga bo‘lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning 
ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko‘rib 
chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari 
ko‘rsatib beriladi. 
Ishlab chiqarish har doim muayyan mulkchilik shakli doirasida amalga 
oshiriladi. Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk 
shakllarining iqtisodiy mazmuni, ularning o‘zgarish va bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish jarayonida mulk shakllarini o‘zgartirish yo‘llari va usullari kabi 
masalalarga alohida o‘rin ajratiladi. 
Mamlakatimizda taraqqiyotning hozirgi yangi bosqichida mulkchilik 
munosabatlarini takomillashtirish, ularning rivojiga keng yo‘l ochib berish 
bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ham e’tibor beriladi. 
3.1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo‘lgan 
turlicha yondashuvlar 
 
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning o‘zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli 
bosqichlariga o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat 
taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlarni 
o‘rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularning o‘zgaruvchan ekanligini bilishda muhim 
ahamiyatga egadir. 


97 
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, 
ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
- tarixiy-formatsion yondashuv; 
- madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi jihatidan yondashuv;
- texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; 
- iqtisodiy tizimlar o‘zgarishi jihatidan yondashuv. 
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin