213
Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta’sir
ko‘rsatishini qarab chiqamiz.
1.
Biror mahsulotga iste’molchi dididagi ijobiy o‘zgarish ro‘y bersa, narxning
tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Bu o‘rinda real hayotda iste’molchilar
«moda», ya’ni biron-bir tovarning keng rusum bo‘lgan turini sotib olishga harakat
qilishlarini misol keltirish mumkin. Iste’molchi didiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan
holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.
2.
O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni ko‘paysa, talab ortadi,
iste’molchilarning
soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining
takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlarning
oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini
mislsiz kengaytiradi hamda
aksiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib
keladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan
talabni kamaytiradi.
3.
Pul daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta’siri boshqa omillarga
qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni
nisbatan
oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni
kamaytiradi.
Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab iste’molchilar aksariyat
hollarda narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq sifatli tovarlarni
xarid qilishga harakat
qilishadi. Bunda ular non,
kartoshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib
olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha
yuqori oqsil tarkibiga
ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go‘sht
va sut mahsulotlari xarid
qilish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: