Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxi o‘zgarishi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxi o‘zgarishi 
bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi.
Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib 
keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi.
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxi o‘zgarishi bilan 
boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. 
Masalan, 
agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi. Aksincha
avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi.
5. Kelgusida iste’molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va 
tovarlar miqdorining yetarli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini 
o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi 
iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va 
daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining 
qisqarishiga sabab bo‘ladi. Shu o‘rinda, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ham 
jahon va milliy bozorlardagi talab hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aksariyat hollarda 
uning qisqarishiga olib kelayotganligini ta’kidlash o‘rinlidir.
7.2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni 
 
Bozor holatining o‘zgarishiga
 
iste’molchi yoki xaridorning munosabati 
ularning talabi orqali namoyon bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining 
munosabati taklif orqali namoyon bo‘ladi. 



216 
Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab 
chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va 
xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi.
Narx o‘zgarishi 
bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi 
taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab 
chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 7.2-jadvalda ko‘rsatilgan. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin