Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri 
bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.
Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda 
o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. 
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori 
o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernest Engel (1821-1896) 
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko‘ra, 
iste’molchi daromadi bilan u 


214 
tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi.
Bu qonunning amal qilishini 
Engel egri chizig‘i
orqali ifodalash mumkin 
(7.2-rasm).

Daromad, ming so‘m 
 
 
0 1 2 3 4 5 6 7 8
Tovar miqdori, dona 
7.2-rasm. Engel egri chizig‘i 
Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan 
ko‘rinishida bo‘ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu 
turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri 
chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi bilan 
iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli 
daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi. 
Rasmdan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming so‘mdan 20 
ming so‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 
ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. 
Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi 
sekinlamoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha – 4 donadan 6 donagacha, 40 
ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha – 6 donadan 7 donagacha.
 
Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi 
butunlay to‘xtagan (daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida 
10 
20 
50 
60 
30 
40 
70 
80 
90 
100 


215 
mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda). Engel egri chizig‘i iste’molchilar pul 
daromadlari o‘zgarishining talabga qanday ta’sir qilishi to‘g‘risida axborot beradi. 
Bu axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z tovarlarining mumkin bo‘lgan 
sotish hajmi va bozor kon’yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
4. 
O‘zaro bog‘liq tovarlar narxi o‘zgarishining talabga ta’sirini o‘rganishda 
ularni ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1) o‘zaro bir-birini 
almashtiruvchi yoki o‘rinbosar tovarlar; 2) o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin