223
foizga o‘sishi bir necha million so‘mni tashkil qilishi mumkin. Narxlarning bunday
oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik daromadining katta qismini tashkil qiladi
va aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini
sezilarli ravishda
kamaytiradi.
3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari.
Zeb-ziynat buyumlariga talab
odatda
egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi.
Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu
sababli ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste’mol
qilishning
keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan,
zeb-ziynat buyumlariga
narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin.
4. Vaqt omili.
Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa,
mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi
10%ga ko‘tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin.
Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki
baliqqa o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, daromad bo‘yicha
talab egiluvchanligi
ham mavjud. Daromadlar ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham
oshadi. Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir darajasini
aniqlash uchun daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ko‘rsatkichidan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: