Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

7.3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi 
nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati 
 
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib 
turishini ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum 
nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba’zan talab taklif miqdoridan oshib 
ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim paytda taklif talab miqdoridan oshib ketib, narx 
pasayib ketadi.
Talab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor 
muvozanati deyiladi

Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan 
narx bozor narxi deyiladi.
Ba’zan uni 
muvozanatlashgan narx
deb ham 
yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatlashgan narx doimo mavjud bo‘lmaydi, 
ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatning buzilishiga sabab bo‘ladi. 
Ammo iqtisodiyotda bozor muvozanatiga intilish doimo mavjud bo‘ladi. 
Talab va taklif tushunchalari tahlili bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatining 
muvofiq kelishini qarab chiqish imkonini beradi. Bunday muvofiqlik o‘z ifodasini 
muvozanatlashgan narxda topadi.
Oldingi bandlarda ko‘rib chiqilgan bozor talabi va taklifi egri chiziqlarini bitta 
grafikka joylashtirib, bozorning muvozanatlashgan nuqtasini hosil qilamiz (7.4-
rasm).


220 
P,
700 
600
500 
400 
300 
200 
100 

so‘m 
D
ortiqcha ishlab chiqarish
S
E
S
taqchillik
D
10 20 30 40 50 60 Q, tonna
7.4-rasm. Bozor muvozanati
 
Grafikda E nuqtaga muvozanatlashgan narx (N
m
) va mahsulotning 
muvozanatlashgan miqdori (M
m
) mos keladi. Ya’ni, kartoshka narxi 500 so‘m 
bo‘lganda, xaridorlar 30 tonna kartoshkani sotib olishga, sotuvchilar esa 30 tonna 
kartoshkani bozorga chiqarishga tayyor va bunday imkoniyatga egadirlar. 
Narxning 400 so‘m darajasida sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o‘zgaradi: 
sotuvchilar faqat 20 tonna kartoshkani sotishga, xaridorlar esa 50 tonna sotib 
olishga tayyor bo‘ladilar va hokazo. 
Grafikda narxning 700 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab 
chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 300 so‘m 
darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil 
tovar bozorini tavsiflaydi. 
Bozor muvozanatini o‘ziga xos matematik tenglik sifatida ham ifodalash 
mumkin: 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin