Xrapovik samarasi
shunga asoslanadiki, narx osonlik bilan ko‘tariladi, lekin juda qiyinchilik
bilan, sekin pasayadi.
Shu sababli yalpi talabning oshishi narx darajasini
ko‘taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narxning pasayishini kutish
mumkin emas (15.10-rasm).
P
AS
P
2
e c
a b
P
1
AD
2
AD
1
0 Q
3
Q
1
Q
2
Q
15.10-rasm. Xrapovik samarasi
1
Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi talab AD
1
dan AD
2
ga oshganda, muvozanat holati
a dan s ga ko‘chadi, ishlab chiqarish hajmi Q
1
dan Q
2
ga ko‘payib, narx ham P
1
dan
P
2
darajaga qadar o‘sadi. Biroq, yalpi talab o‘zining dastlabki holatiga qaytsa, endi
narx pasaymaydi, balki muvozanat yangi
e
holatiga ko‘chib, ishlab chiqarish hajmi
o‘zining dastlabki Q
1
darajasidan ham pasayib, Q
3
darajasiga qadar tushib ketadi.
Shu o‘rinda nima uchun narx pasayish tamoyiliga ega emas, degan savolga
aniq javob berish qiyin bo‘lsada, uning ayrim sabablarini ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) ish haqi
tashkil qilib, u qisqa davr ichida pasayish tamoyiliga ega bo‘lmaydi. Chunki
ishchilarning asosiy qismi shartnoma (kasaba uyushmalar orqali) bo‘yicha ishlab,
1
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan.
454
shartnoma muddati tugagunga qadar ish haqini pasaytirish taqiqlanadi.
Shuningdek, tadbirkorlarning o‘zlari ham ish haqi darajasini pasaytirishni
xohlamasliklari mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan, ancha past ish
haqi ishchilarning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu
bilan birga, ish haqining past darajasi mahsulot birligiga mehnat sarflarini
kamaytirsa, mehnat unumdorligining past darajasi esa mehnat sarflarini oshiradi.
Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror qilsalar, malakali ishchi kuchidan ajrab
qolishlari mumkin. Ikkinchidan, juda ko‘pchilik korxonalar yetarli darajada
monopol mavqega ega bo‘ladi va bu ularga talab kamayganda ham narxning
pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.
Yalpi ishlab chiqarilgan va yalpi sotilgan mahsulotning real hajmi teng
bo‘lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi. Lekin bu muvozanatlik bir
tomonlama ya’ni, faqat qiymat tarafidanhisoblanib baho berilsa, yolg‘on
tasavvurga olib keladi. Shuning uchun muvozanatlik ham qiymat ham naflilik
jihatdan hisobga olinishi lozim.
Hozirgi davrda jahonda ro‘y bergan global iqtisodiy o‘zgarishlar ko‘plab
mamlakatlar iqtisodiyotidagi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatning
buzilishini ifodalamoqda. Odatda, tashqi talab qisqarib borayotgan bir paytda,
ushbu muvozanatni saqlash yoki tiklash maqsadida ichki talabni kuchaytirishga
harakat
qilinadi.
Shunga
ko‘ra, respublikamizning 2017-2021 yillarga
mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida ham mahalliy ishlab chiqaruvchilarni
qo‘llab-quvvatlash ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni va eksportni har
tomonlama rag‘batlantirish tadbirlari alohida o‘rin tutadi.
Ushbu dasturda “eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish,
eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va
hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish”
1
vazifasi qat’iy
qilib belgilandi.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, 1-ilova, 3.2-band.
|