463
qanday daromad miqdorini ifodalovchi ushbu chiziqda joylashgan nuqta 0S
o‘qning tegishli miqdordagi iste’mol sarfiga teng bo‘ladi. Boshqacha aytganda, uy
xo‘jaligi sof daromadning barcha hajmini to‘liq iste’molga sarflaydi. Biroq,
bunday tenglik amalda doimo ham ro‘y beravermaydi. Iste’mol
sarflari miqdori
ba’zida joriy sof daromadlar miqdoridan past bo‘lishi, ba’zida
esa oshib ketishi
ham mumkin. Shuning uchun iste’mol egri chizig‘i S sof daromad 0F chizig‘iga
mos tushmay, unga nisbatan ma’lum darajada og‘adi. Har ikkala chiziqning o‘zaro
kesishgan V
nuqtasi
«0 darajadagi jamg‘arma»
ni anglatadi. Bu
nuqtaning chap
tomonida iste’mol sarflari daromad miqdoridan yuqori bo‘lib, bu
manfiy
jamg‘arma
deb ataladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, real hayotda har doim ham
iste’molning ma’lum qismi daromad hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan,
biron-
bir shaxsning daromadi kutilmaganda juda past darajaga tushib qolishi mumkin.
Biroq, bu shaxs, daromadi bunga imkon bermagan taqdirda ham, ma’lum darajada
ovqatlanish, kiyinish va boshqa zarur iste’mol xarajatlarini
amalga oshirishga
majbur. U mazkur sarflarni yo oldingi davrda jamg‘arilgan daromadlari hisobiga,
yoki o‘zgalardan qarz olish hisobiga qoplashi mumkin.
Iqtisodiy adabiyotlarda
iste’mol sarflarining bu darajasi
Dostları ilə paylaş: