Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik (IQM) deyiladi, ya’ni:
zgarish o i Daromaddag zgarish o moldagi Iste IQM '
'
'
Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg‘arma hajmining o‘zgarishi darajasi jamg‘armaga keyingi qo‘shilgan moyillik (JQM) deyiladi ,
ya’ni:
Y S zgarish o i Daromaddag zgarish o armadagi Jamg JQM
'
'
'
.
Demak, sof daromadning o‘sgan qismi ham yo iste’molga, yoki jamg‘armaga
sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o‘rtasidagi nisbat o‘zgargan taqdirda ham
ularning umumiy yig‘indisi 1ga teng bo‘ladi, ya’ni:
.
0
,
1
Y S Y C Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatining samarali
amalga oshishida jamg‘arish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Shunga ko‘ra,
jamg‘arishning mohiyati, uning omillari va samaradorligi ko‘rsatkichlarini alohida
ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
16.2. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi Jamg‘arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri
hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi.
Investitsiyalar jamg‘arishning amalda namoyon bo‘lish shakli bo‘lganligi sababli
dastlab, tahlilni jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy
jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.