464
jamg‘arishni, yuqori qismi esa ijobiy (musbat) jamg‘arishni anglatadi. E
0
E
2
kesma
sof daromadning Y
1
darajasidagi jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi.
S
S=S(Y)
E
0
B
E
2
0
Y
1
Y
16.2-rasm. Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri
1
Iste’mol va jamg‘arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator obyektiv
va subyektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ob’ektiv omillar alohida iste’molchining
ixtiyoriga, idrokiga bog‘liq bo‘lmagan omillardan iborat bo‘lib, ulardan asosiylari
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- barcha xo‘jaliklar tomonidan jamg‘arilgan mol-mulk darajasi;
- narxlar darajasi;
- real foiz
stavkalari;
- iste’molchining qarzdorligi darajasi;
- iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi.
Sub’ektiv omillar, asosan, iste’molchining o‘ziga, uning ruhiyati va bozordagi
xatti-harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar qatoriga iste’mol va jamg‘arishga
bo‘lgan moyillik,
kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq,
tovarlar mavjudligi
darajasining o‘zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin. Turli omillar
ta’sirida iste’mol va jamg‘arma darajasining o‘zgarishini shartli ma’lumotlar
asosida tuzilgan quyidagi jadval orqali ko‘rib chiqamiz (16.1-jadval).
Jadvaldan ko‘rinadiki, yillar davomida sof daromad hajmi oshib borishi bilan
uning iste’mol va jamg‘armaga sarflanishi o‘rtasidagi nisbat o‘zgarib bormoqda.
Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o‘sib borgan sari ularning jamg‘armaga
1
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan.
465
bo‘lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi. Buni iste’mol va jamg‘armaga
bo‘lgan o‘rtacha va keyingi qo‘shilgan moyillik ko‘rsatkichlari orqali ham kuzatish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: