Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə355/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

ixtiyoridagi
yoki 
sof daromad
deb ataymiz.
 
Demak, bu daromad 
iste’molning ham, jamg‘armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki 
jamg‘arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar 
to‘langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil 
bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi 
daromad o‘rtasidagi farq shu yildagi jamg‘arma miqdorini aniqlaydi. 
Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi.
Bu 
funksiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai 
nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, kishilar o‘z 
mablag‘larini qo‘shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg‘armaga yo‘naltirishga 


462 
harakat qiladilar. Shunga ko‘ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori 
bo‘lsa, ularning jamg‘armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi, ya’ni 
jamg‘arma real foiz stavkasining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi 
daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real 
foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol pasayib, jamg‘arma esa ko‘payib boradi. 
Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra iste’mol 
real foiz 
stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi
hisoblanadi. 
J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy 
xo‘jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini, 
kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini 
ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida uy 
xo‘jaliklarining joriy daromadlarini ko‘rsatadi. Demak, Keyns fikriga ko‘ra, 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin