469
mumkin. Odatda, jamg‘arma jamiyatdagi ko‘pchilik subyektlar tomonidan amalga
oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa subyektlar
tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat
yurituvchi sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalar jamg‘armasi ham
investitsiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘rinda «jamg‘aruvchi» va «investor»
bir subyektda mujassamlashadi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda,
amortizatsiya ajratmalari,
pul jamg‘armalari va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni
sotishdan olingan
mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari);
- davlat budjeti mablag‘lari;
- chet elliklar mablag‘lari.
Dostları ilə paylaş: