479
bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi.
Klassik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, jamg‘arma banklarning
real foiz stavkasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi. J.M.Keyns
klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, xo‘jaliklarning iste’mol
sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt
joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol
sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida xo‘jaliklarning
joriy
daromadlarini ko‘rsatadi.
5.
Iste’molchilarning daromadlari o‘sib borgan sari ularning jamg‘arishga
bo‘lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi.
6.
Amalda jamg‘arish kapital mablag‘lar yoki investitsion sarflar shaklida
yuzaga chiqib,
u yangi kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish,
rekonstruksiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi.
7.
Jamg‘arish summasi milliy daromadning bir qismini
tashkil etadi va shu
sababli milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar jamg‘arish
miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar
massasi va ularning unumdorligidir.
8.
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko‘paytirishga,
ishlab
chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo‘yilmadir. U pul
mablag‘lari,
bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida
amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya,
ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real
investitsiya deyiladi.
9.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1)
investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz stavkasi.
10.
Statistik ma’lumotlar dinamikasi shundan
dalolat beradiki, mamlakatimiz
iqtisodiyotiga sarflanayotgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga o‘sib borish
tendensiyasiga ega.