Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə370/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Iste’mol
– jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab 
chiqarish natijalari va omillaridan foydalanish jarayoni. 
Shaxsiy iste’mol 
– iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmatlardan 
bevosita foydalanish, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishi.
Unumli iste’mol 
– ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va 
ishchi kuchidan foydalanish.
Iste’mol sarflari 
– aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar 
uchun ishlatiladigan qismi. 
Jamg‘arish
– aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining 
kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘plab 
borilishi. 
Iste’molga o‘rtacha moyillik 
– daromadlarning iste’molga ketadigan ulushi. 
Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik 
– daromadlarning jamg‘arishga ketadigan 
ulushi. 
Iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik 
– daromad hajmining o‘zgarishi 
natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi. 
Jamg‘arishga keyingi qo‘shilgan moyillik 
– daromad hajmining o‘zgarishi 
natijasida jamg‘arish hajmining o‘zgarishi darajasi. 
Iqtisodiy jamg‘arish 
– milliy daromadning bir qismining asosiy va aylanma 
kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko‘paytirish uchun sarflanib 
borishi. 
Jamg‘arish normasi 
– jamg‘arish summasining milliy daromadga nisbatining 
foizdagi ifodasi. 
Investitsiya
– ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini 
kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo‘yilma.
Investitsiyalar samaradorligi
– milliy daromad (foyda)ning o‘sgan 
qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi. 


481 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin