Asosiy tayanch tushunchalar Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab
chiqarish natijalari va omillaridan foydalanish jarayoni.
Shaxsiy iste’mol – iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmatlardan
bevosita foydalanish, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishi.
Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va
ishchi kuchidan foydalanish.
Iste’mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar
uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg‘arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining
kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘plab
borilishi.
Iste’molga o‘rtacha moyillik – daromadlarning iste’molga ketadigan ulushi.
Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik – daromadlarning jamg‘arishga ketadigan
ulushi.
Iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik – daromad hajmining o‘zgarishi
natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi.
Jamg‘arishga keyingi qo‘shilgan moyillik – daromad hajmining o‘zgarishi
natijasida jamg‘arish hajmining o‘zgarishi darajasi.
Iqtisodiy jamg‘arish – milliy daromadning bir qismining asosiy va aylanma
kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko‘paytirish uchun sarflanib
borishi.
Jamg‘arish normasi – jamg‘arish summasining milliy daromadga nisbatining
foizdagi ifodasi.
Investitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini
kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo‘yilma.
Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda)ning o‘sgan
qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.