Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə368/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

16.4-jadval
O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalar dinamikasi 
to‘g‘risida ma’lumot
1
 
Yillar 
Joriy narxlarda, mlrd. so‘m. 
O‘tgan yilga nisbatan o‘sish (foizda) 
2010 
15409,1 
109,2 
2011 
18291,3 
107,9 
2012 
22067,0 
112,7 
2013 
28694,6 
112,1 
2014 
35233,3 
109,9 
2015 
40737,3 
109,6 
2016 
49476,8 
109,6 
2017 
60719,2 
107,1 
2018 
107333,0 
118,1 
2019 
189924,3 
133,9 
Bu sohada o‘tgan davr mobaynida ko‘zga tashlanuvchi o‘ta muhim jihat –
respublikamizda investitsiya faolligining sezilarli darajada oshganligidir. Ayniqsa, 
mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy sarmoyalarni jalb 
etish jarayonlariga bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish 
va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlash chora-tadbirlarining ta’siri 
ahamiyatli bo‘ldi. 
Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 
tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami 
moliyalashtirish manbalari hisobidan 51433,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy 
kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 27,1 % o‘zlashtirilgan. Uning tarkibida eng 
ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilgan 3 ta faoliyat turlari quyidagilar:
- to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 10719,0 mlrd. so‘m (jami asosiy 
kapitalga investitsiyalardagi ulushi 5,6 %);
1
Manba: O‘zbеkiston raqamlarda statistik to‘plam. Toshkеnt – 2016. 


478 
- boshqa nometal mineral mahsulotlari ishlab chiqarish 8991,7 mlrd. so‘m 
(4,7 %);
- metallurgiya sanoati 8956,9 mlrd. so‘m (4,7 %).
Qayta ishlash sanoati bo‘yicha jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 33,3 
% yoki 28854,4 mlrd. so‘m xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan bo‘lib, 
uning tarkibida yuqori ko‘rsatkichlarni to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 
– 9,0 % yoki 7796,3 mlrd. so‘m, boshqa nometal mineral mahsulotlari ishlab 
chiqarish – 7,6 % yoki 6617,6 mlrd. so‘m, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish – 
5,3 % yoki 4591,7 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar 
tashkil qildi. 
Elektr, gaz bilan ta’minlash faoliyat turida ham katta hajmda xorijiy 
investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilib, jami 16734,1 mlrd. so‘m yoki jami xorijiy 
investitsiya va kreditlarning 19,3 %i o‘zlashtirildi.
Tog‘-kon sanoatida esa 15124,8 mlrd. so‘mni yoki jami xorijiy investitsiya va 
kreditlar hajmida 17,5 % ni tashkil etdi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin