482
17-bob. IQTISODIY TARAQQIYOT, IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY
BOYLIK
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning
asosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishiga
erishishdir. Aholi farovonligining oshib borishi ham pirovard natijada
iqtisodiy
taraqqiyot va o‘sish darajasi va sur’atlariga bog‘liq.
Ushbu bobda iqtisodiy
taraqqiyotning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, iqtisodiy
o‘sishning mazmuni, turlari, ko‘rsatkichlari va omillari bayon qilinadi, shuningdek,
iqtisodiy o‘sish borasida mavjud bo‘lgan
turli xil nazariyalar, konsepsiyalar va
modellar mazmunini yoritishga muhim o‘rin ajratilgan.
Raqamli iqtisodiyot
tushunchasi va uni qo‘llashning ahamiyati yoritiladi. Ushbu bobda milliy boylik va
uning tarkibiy tuzilishi kabi masalalarga alohida e’tibor beriladi.
Dostları ilə paylaş: