478
- boshqa nometal mineral mahsulotlari ishlab chiqarish 8991,7 mlrd. so‘m
(4,7 %);
- metallurgiya sanoati 8956,9 mlrd. so‘m (4,7 %).
Qayta ishlash sanoati bo‘yicha jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 33,3
% yoki 28854,4 mlrd. so‘m xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan bo‘lib,
uning tarkibida yuqori ko‘rsatkichlarni to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish
– 9,0 % yoki 7796,3 mlrd. so‘m, boshqa nometal mineral mahsulotlari ishlab
chiqarish – 7,6 % yoki 6617,6 mlrd. so‘m, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish –
5,3 % yoki 4591,7 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar
tashkil qildi.
Elektr, gaz bilan ta’minlash faoliyat turida ham katta hajmda xorijiy
investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilib, jami 16734,1 mlrd. so‘m yoki jami xorijiy
investitsiya va kreditlarning 19,3 %i o‘zlashtirildi.
Tog‘-kon sanoatida esa 15124,8 mlrd. so‘mni yoki jami xorijiy investitsiya va
kreditlar hajmida 17,5 % ni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: